Komilova Fotima Maxmudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish metodlarini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped1653.
Ilmiy rahbar: Mirqosimova Marg‘uba Mirqobilovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Mamat Eshkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Saydaliev Saidumar, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish, rivojlantirish jarayonlarini vaziyatlarga ko‘ra vertikal va gorizontal muvofiqlashtirishga xizmat qiluvchi motivatsion vositalarni tatbiq etish, ularni baholash ko‘rsatkichlari hamda mezonlari sifatida belgilash orqali tashkilotchilikka qiziqishni rivojlantiruvchi jarayonlar takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish jarayonlariga pragmatik fikrlash, ijodiy mustaqil ishlashni tashkil etish va tashkilotchilik sifatlarini klassifikatsiyalash usullarini tatbiq etish asosida o‘quvchilarda yetakchilik fazilatlarini shakllantirish metodlari takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda yetakchilik fazilatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya jarayonlari didaktik jarayonlar sifatida belgilanib, barcha komponentlarning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi mexanizmlarni tizimlashtirish orqali o‘quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish jarayonlari modeli takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yetakchilik fazilatlari va ularni o‘zlashtirishning zarurati bo‘yicha tushunchalarni shakllantirish jarayonlarining uzviyligi va uzluksizligini ta`minlash texnologiyalarini tatbiq etish orqali o‘quv-tarbiyaviy va o‘quv-texnologik tizimni shakllantirish mexanizmlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish metodlarini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi jarayonlarni vaziyatlarga ko‘ra vertikal va gorizontal muvofiqlashtirishga xizmat qiluvchi motivatsion vositalar orqali baholash ko‘rsatkichlari ularda tashkilotchilikka qiziqishini rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalardan FZ-202001064 Oliy ta’lim muassasalari negizida maktabgacha ta’lim (MTT) xodimlarini kasbiy kompetensiyasi va metodik ta’minotini takomillashtirish mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 noyabrdagi 8903-4818-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tashkilotchilik faoliyatiga tayyorlash texnologiyalarini qo‘llash mexanizmlari takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish va rivojlantiruvchi jarayonlarda yetakchilik fazilatlarini shakllantirish, pragmatik fikrlash, ijodiy mustaqil ishlash va tashkilotchilik sifatlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-41raqamli “Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish o‘quv ishlab-chiqarish tizimida milliy an’anaviy bazani hamda ushbu yo‘nalishda ta’lim berish jarayonining amaliy-uslubiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 noyabrdagi 8903-4818-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tashkilotchilik faoliyatini tashkil etish jarayonlarida uzviylikni ta’minlashga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yetakchilik fazilatlari va ularni o‘zlashtirishning zarurati bo‘yicha tushunchalarni shakllantirish jarayonlarining uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash texnologiyalarini tatbiq etish orqali o‘quv-tarbiyaviy va o‘quv-texnologik tizimni shakllantirish mexanizmlari takomillashtirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 noyabrdagi 8903-4818-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan, ta’lim tizimini boshqarish jarayonlarining metodik ta’minoti boyitilgan.