Imomov Shavkat Jaxonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan biogaz va o‘g‘it olish jarayonining texnologik asoslari», 05.05.06–Qayta tiklanuvchi energiya turlari asosidagi energetik qurilmalar, 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/T71.
Ilmiy maslahatchi: Salimov Oqil Umurzakovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.FM/T.34.01 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Zafar Samandarovich, texnika fanlari doktori, professor; Uzokov G‘ulomjon Norboevich, texnika fanlari doktori; Xudayarov Berdirasul Mirzaevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq xo‘jaligi chiqindilariga pog‘onali ishlov berish, bioreaktorda tutib turish vaqti mutanosibligida o‘g‘it bilan tashlab yuboriladigan issiqlikni jarayonga qaytarish texnologiyasini va uni amalga oshiradigan qurilmani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
go‘ngning biogaz qurilmasida pog‘onali ishlov berish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
qoramol go‘ngida ishlovchi energetik qurilma texnologik jarayonlarini nazoratlashning EHMda boshqarish dasturi ishlab chiqilgan;
go‘ng tarkibidagi anaerob jarayon uchun yaroqli organik chiqindilarni parchalanish umumiy tenglamasida yot moddalar optimal miqdorini inobatga oluvchi koeffisient ψ aniqlangan;
go‘ngni bioreaktorda tutib turish mutanosibligini inobatga oluvchi rejimni ta’minlovchi texnologiya ishlab chiqilgan;
energetik qurilmaning issiqlik almashtirgichi statsionar bo‘lmagan jarayon issiqlik almashinuvining matematik modeli ishlab chiqilib, analitik bog‘lanishlar asosida qurilmaning ratsional parametrlari aniqlangan;
qayta tiklanuvchi energiya turlari asosidagi energetik qurilmasida qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan energiya, o‘g‘it olish uslubi va uni amalga oshiruvchi qurilma yaratilgan;
organik chiqindilardan o‘g‘it va energiya olish texnologiyasi, qurilmasi prinsipial sxemasi va konstruksiyasi yaratilgan;
go‘ngga pog‘onali ishlov berish qurilmasining maqbul parametrlari va ish rejimlarida uzluksiz ishlashi, energiya va resurstejamkorlik oshishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan biogaz va o‘g‘it olish jarayonini o‘rganish natijalari asosida:
go‘ngni anaerob qayta ishlash natijasida energiya va o‘g‘it olish texnologik jarayonida ishlov berish “Biogaz olish qurilmasi”ga Janubiy Koreyada ixtiro patenti olingan (№ 10-0892746 02.04.2009 y.). Ishlab chiqilgan qishloq xo‘jaligi chiqindilariga pog‘onali ishlov berish biogaz qurilmasining qo‘llanishi pog‘onasiz ishlov berish an’anaviy uslubdan farqli o‘laroq 10 kun ichida olinadigan biogaz tarkibidagi metan gazi miqdori 72%, is gazi 27,4 %, bioo‘g‘it tarkibidagi umumiy azot 89,7 mg/l, fosfor 60,5 mg/l, kaliy 586,5 mg/l, kal`siy 303,3 mg/l, magniy 143,7 mg/l miqdorlarini olish imkonini bergan;
qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan energiya va o‘g‘it olishda organik chiqindilarga pog‘onali ishlov berish texnologiyasi asosida biologik gaz olish qurilmasi “O‘zbekneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” unitar korxonasida ishlab chiqilgan va qo‘llanilgan (“O‘zbekneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining 2016 yilning 2 dekabrdagi 32-32/3810-sonli malumotnomasi). Ishlanmani joriy qilish o‘g‘it sifatini 3,2 marta yaxshilash, tarkibidagi azot miqdori 5 baroborga oshirish imkonini bergan; qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan energiya va o‘g‘it olishda organik chiqindilarga pog‘onali ishlov berish texnologiyasi Janubiy Koreyaning “Korea Total Chemical CO., LTD” kompaniyasi tomonidan biogaz olishda joriy qilingan (“Korea Total Chemical CO., LTD”ning 2008 yil 31 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Ishlanmalarning joriy qilinishi 21 ming AQSh dollari miqdorida iqtisodiy samara bergan.