Sobirjonov Sanjar Sobirjonovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini boshqarishni takomillashtirish», 08.00.13 – Menejment va 08.00.15 – «Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti»  (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt866.
Ilmiy rahbar: Fattaxov Adxam Azizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidahror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik; Karrieva Yakutdjan Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati samaradorligini baholash uslubiyatini enneagramma tizimi asosida bir vaqtning o‘zida ularning samarali faoliyatini cheklovchi omillarni bartaraf etgan (aniqlagan) holda, optimal iqtisodiy erkinligiga shart-sharoit yaratish negizida takomillashtirish asoslangan;
ishlab chiqarish jarayonida “ortiqcha” me’yor, zaxira, ishlab chiqarishning moddiy harajatlari kabilarni iqtisodiy jihatdan optimallashtirish negizida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarida mahsulot ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlarni qo‘shimcha kamaytirish imkoniyatlari asoslangan; 
rahbar va xodim o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqaruv nuqtai-nazaridan “mehnat natijadorligi” negizida tartibga solish kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlar tomonidan mahsulot sifati va hajmini ortishining muhim ijtimoiy-iqtisodiy rezervi sifatida asoslangan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining («Kamol real biznes» MChJ; «Madina savdo belgisi» MChJ) ishlab chiqarish faoliyatini 2021-2026 yilga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari boshqaruv samarador-ligini oshirishni e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati samaradorligini baholash uslubiyatini enneagramma tizimi asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflari kichik biznes va xusuiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati boshqaruv samaradorligini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 31 martdagi 11/03-15-2556-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirishga erishilgan;
ishlab chiqarish jarayonida “otiqcha” me’yor, zaxira, ishlab chiqarishning moddiy harajatlari kabilarni iqtisodiy jihatdan optimallashtirish bo‘yicha takliflari Savdo-sanoat palatasining tarkibiga kiruvchi tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 31 martdagi 11/03-15-2556-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik biznes sub’ektlarida ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlarni 1,9% kamaytirish va mahsulot ishlab chiqarish xajmini 18,3 foizga oshirilishiga erishilgan;
rahbar va xodim o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqaruv nuqtai-nazaridan “mehnat natijadorligi” negizida tartibga solish kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlar tomonidan mahsulot sifati va hajmini ortishining muhim ijtimoiy-iqtisodiy rezervi bo‘yicha taklifi Savdo-sanoat palatasining tarkibiga kiruvchi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 31 martdagi 11/03-15-2556-son ma’lumotnomasi). Mazkur modelning amaliyotga joriy etilishi natijasida xodimlarning mehnat natijadorligi 17,2 foizga oshgan holda mahsulot sifati va hajmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarish faoliyatini 2021-2026 yilga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari boshqaruv samaradorligini oshirishni e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan prognozlar «Kamol real biznes» MChJ va «Madina savdo belgisi» MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi 2021 yil 31 martdagi 11/03-15-2556-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz ko‘rsatkichlaridan «Kamol real biznes» va «Madina savdo belgisi» MChJ faoliyatini samarali boshqarish bo‘yicha «Chora-tadbirlar rejasi» hamda  «Yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqishda foydalanilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish