Hamidov Ilhomjon Sodiqjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda surunkali kataral gingivitni tashxisi, profilaktikasi va davolashni takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1254.
Ilmiy rahbar: Mirsalixova Firuza Luqmonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Belenova Irina Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bolalarda surunkali kataral gingivitni tashxislash, oldini olish va davolash sifatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali kataral gingivit bilan kasallangan bolalarda milkning sitopatologik o‘zgarishlarga ega hujayralarning kamayishi, PMYaL yallig‘lanish infiltrati hujayralarining, shikastlanmagan monotsitlarning ortishining fonida tikan qatlam yadroga ega hujayralar hamda  dag‘al yadrosiz hujayralar miqdori kamayishi kasallik patogenezidagi muhim bo‘g‘im ekanligi asoslangan;
milk arig‘ida asosiy mikrobiologik ko‘rsatkichlarning miqdor va sifat o‘zgarishlari bolalarning og‘iz bo‘shlig‘ida gigiena holati yaxshilanishida milk yallig‘lanish intensivligi  o‘zgarishiga parallel qayta tiklanishi asoslangan;
kasallik klinik alomatlari bo‘lmaganida bolalarda sitologik usuldan foydalanish parodont to‘qimalarida yallig‘lanish o‘zgarishlari va mos ravishda parodont to‘qimalarida yallig‘lanishning asoratlari paydo bo‘lish xavfini aniqlashda tashxisiy mezonlardan biri ekanligi aniqlangan;
kompleks davolashning taklif etilgan ketma-ketlikda  qo‘llanilishi individual davolash taktikasini tanlagan holda, bemorlar hayot sifatini yaxshilashi va kasallik qaytalanish xavfini kamaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gingivitning turli shakllari mavjud bo‘lgan bolalarda kasallikni oldini olish va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
surunkali kataral gingivit mavjud bo‘lgan  bolalarni davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda surunkali kataral gingivitni kompleks davolash samaradorligini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8n-r/633-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomani joriy qilish bolalarda surunkali kataral gingivitni davolash sifatini oshirish imkonini bergan.
surunkali kataral gingivitni tashxislash uchun tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali kataral gingivitni tashhislash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8n-r/634-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomani joriy qilish surunkali kataral gingivit kasalligini erta tashxislash va klinik kechishini o‘ziga xosligini inobatga olgan holda davolash taktikasi ishlab chiqish va samaradorligini oshirish imkonini bergan.
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan Farg‘ona viloyati Quva va Buxoro viloyati Romiton tuman tibbiyot birlashmalari hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi ish faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 yanvar`dagi 8n-d/14-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning  amaliyotga joriy qilinishi natijasida bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish