Davlyatova Mavlyuda Baxtiyorovnanning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ««Karelinia caspia» va «Ziziphus jujuba»ning yog‘siz quruq ekstraktlaridan foydalanib, shifobaxsh xususiyatlarga ega un mahsulotlarining oziqaviy qiymatini oshirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T343.
Ilmiy rahbar: Sagdullaev Shamansur Shaxsaidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Jamshed Madjidovich, texnika fanlari doktori, professor; Djaxangirova Gulnoza Zinnatullaevna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shifobaxsh xususiyatlarga ega unli mahsulotlarning ozuqaviy qiymatini oshirish uchun “Ziziphus jujuba” mevalaridan va “Karelinia caspia” erusti qismidan olingan yog‘sizlantirilgan quruq ekstraktlardan foydalanishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zizifus (jilon jiyda) mevalaridan va Kareliniya Kaspiy (oqbosh) ning erusti qismidan olingan yog‘sizlantirilgan ekstraktlardan kukunsimon yarim tayyor mahsulot (kukun) olishning texnologik parametrlari aniqlangan;
ilk bor xomashyodan olingan quruq yog‘sizlantirilgan ekstraktlarning asosiy nutrientlari kimyoviy va miqdoriy tarkibi aniqlangan;
Zizifus (jilon jiyda) va Kareliniya Kaspiy (oqbosh) yog‘siz ekstraktlari kukuni yordamida milliy non va un qandolat mahsulotlarini tayyorlash usuli ishlab chiqilgan;
iste’mol qiymatini saqlab qolgan va mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishgan holda oq shakar va navli bug‘doy unini o‘simlik xom-ashyosining yog‘sizlantirilgan ekstraktlari kukuni bilan qisman almashtirish imkoniyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘simlik xomashyosi va undan olingan qo‘shimchalarining biotexnologik salohiyatni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek nonlarni ishlab chiqarish texnologiyasi “PASQUALE” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zdonmahsulot” AJning 2020 yil 17 fevraldagi 6-1-2/47-259-son ma’lumotnomasi). Natijada, zizifus (jilon jiyda) va Kareliniya Kaspiy (oqbosh) kukunidan foydalanish hisobidan bug‘doy uni sarfini 2,0...1,4% ga va oq shakar sarfini 65,7...42,9% ga kamaytirish imkonini bergan;
korjik ishlab chiqarish texnologiyasi “PASQUALE” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zdonmahsulot” AJning 2020 yil 17 fevraldagi 6-1-2/47-259-son ma’lumotnomasi). Natijada, bug‘doy uni sarfini 5,1 ... 3,3% ga va oq shakar sarfini 24,2...21,0% ga kamaytirish imkonini bergan.