Kadirov Rustam Nadirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi hakida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar sirrozi bilan xastalangan bemorlarda gastroezofageal qon ketishlarining profilaktikasi va davolash taktikasini optimallashtirish» 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan rakami B2018.4.DSc/Tib329.
Ilmiy rahbar Xadjibaev Farxod Abduxakimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan mussasa nomi, IK rakami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Kurbaniyazov Zafar Babadjanovich, tibbiyot fanlari doktori, Ligay Ruslan Efimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: I.I. Djanelidze nomidagi Tez yordam ilmiy-tekshiruv instituti (Rossiya, Sankt-Peterburg).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jigar sirrozi bilan bemorlarda qizilo‘ngach va me’daning varikoz kengaygan venalaridan qayta qon ketishning davolash natijalarini yaxshilash va profilaktikasida endoskopik tekshirishlar texnikasini bajarish va endoskopik gemostaz usullarini takomillash-tirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
virusli jigar sirrozi fonida qizilo‘ngach va me’daning varikoz kengaygan venalaridan qon ketish bilan asoratlangan guruhdagi tanlab olingan bemorlarda ushbu kasallikning etiopatogenezi asoslangan;
qizilo‘ngach va me’daning varikoz kengaygan venalaridan qon ketish bilan asoratlangan jigar sirrozi klinik kechishining o‘ziga xosligi, o‘tkir qon ketish fonida jigar etishmovchiligini miniinvaziv endoskopik gemostaz usullari uchun ko‘rsatmalarni kengaytirish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
jigar sirrozi bilan bemorlarda qizilo‘ngach venalarining kengayganlik darajasi va qizilo‘ngach vame’da tomirlaridan qon ketishining xavfi o‘rtasida o‘zaro korelyativ bog‘liqlik mavjudligi ko‘rsatib berilgan, xavfli asoratlar rivojlanishini ob’ektiv kursatkichlari asoslangan;
ilk marotaba qizilo‘ngach va me’daning varikoz kengaygan venalaridan qon ketish bilan asoratlangan jigar sirrozi bulgan bemorlarda MOS SF-36 so‘rovnomasi asosida bemorlarning holati hamda qo‘llanilayotgan gemostaz usullari samaradorligi baholangan;
qizilo‘ngach va me’daning varikoz kengaygan venalaridan qon ketishlarda utkazilgan takomillashtirilgan endoskopik gemostaz usulining xavfsizligi va samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qizilo‘ngach va me’daning varikoz kengaygan venalaridan qon ketishlarni diagnostikasi va davolash natijalarini yaxshilashni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qizilo‘ngach va me’daning varikoz kengaygan venalaridan qon ketishlarida optimal davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Qon ketish bilan asoratlangan portal gipertenziyani davolash va profilaktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiklangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yilgi 9 oktyabrdagi №8n-r/415-son ma’umotnomasi). Natijada jigar sirrozi bilan xastalangan bemorlarda gastroezofageal qon ketishlarining erta tashhislash sifatini yaxshilash, davolash jarayonida ixtisoslashgan yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatishni sezilarli darajada kengaytirilishi kasallik asoratlari kamayishiga hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
qizilo‘ngach va me’daning varikoz kengaygan venalaridan qon ketish diagnostikasi va davolashni yaxshilash bo‘yicha ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filali, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Zomin va Shaxrisabz subfiliallarining xirurgik va reanimatsion bo‘limlarida ishlatilmoqda (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 07 iyundagi №8n-z/178-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni klinik amaliyotga tadbiq etilishi qizilo‘ngach va me’daning varikoz kengaygan venalaridan qon ketishida birlamchi gemostaz samaradorligini 75,0% dan 96,3% gacha oshirish, 3 yil ichida qayta qon ketish extimolini 36,9% dan 9,9% gacha pasaytirish, 3 yil ichidagi o‘limni 11,9% dan 3,1% gacha kamaytirish va, hayot sifatini etarli darajada tez tiklanish imkonini bergan.