Nazarova Farida Abduraximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akademik liseylarda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1644.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akademik liseylarda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akademik liseylarda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining tadqiqot, kommunikativ, immitatsion, psixologik, faoliyatli, refleksiv turlari pedagogik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishning loyihaviy-texnologik, mazmuniy-metodik, kriterial-diagnostik va protsessual komponentlari differensial yondashuv orqali takomillashtirilgan;
akademik liseylarda o‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirish jarayoni amaliy ijtimoiylashgan, hayotiy muammolarni hal qilishga qodir madaniy ijod jarayonini tarbiya tizimi mafkurasi, strategiyasi va taktikasini belgilovchi konseptual yondashuvlarga uyg‘unligini ta’minlash asosida rivojlantirilgan;
akademik liseylarda shaxsga yo‘naltirilgan tizimli model ta’lim texnologiyalari hamkorlikda o‘qitish, guruhda munozara, o‘quv loyihalari, trening, debat, ishbilarmonlik o‘yinlari, rolli o‘yinlar kabi innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari insonning milliy madaniy an’analarni o‘zlashtirish va olamga bo‘lgan munosabatni modellashtirish integratsiyasi differensial yondashuvlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akademik liseylarda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar:
differensial yondashuv orqali takomillashtirilgan akademik lisey o‘quvchilarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining tadqiqot, kommunikativ, immitatsion, psixologik, faoliyatli, refleksiv turlari integratsiyasiga oid taklif va xulosalardan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 14 iyuldagi 02-07-1799/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, akademik liseylarda ta’lim texnologiyalarini takomillashtirishning o‘quv-uslubiy ta’minoti yaratilgan;
o‘qitish texnologiyasining qiyosiy tasnifi “Adabiyot”, “Ma’naviyat asoslari”, “Davlat va huquq asoslari”, “Jahon tarixi”, “O‘zbekiston tarixi” fanlari didaktik ta’minoti an’anaviy va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari bo‘yicha aniqlashtirilgan qiyosiy ko‘rsatkichlariga oid taklif va xulosalardan 2015-2017 yillarda bajarilgan KA-1-003 raqamli “Yoshlarda vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 14 iyuldagi 02-07-1799/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, Adabiyot”, “Ma’naviyat asoslari”, “Davlat va huquq asoslari”, “Jahon tarixi”, “O‘zbekiston tarixi” fanlari didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
innovatsion ta’lim texnologiyalari (hamkorlikda o‘qitish, guruhda munozara, o‘quv loyihalari, trening, debat, ishbilarmonlik o‘yinlari, rolli o‘yinlar) asosida takomillashtirilgan akademik lisey o‘quvchilarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari tizimli modeliga oid taklif va xulosalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 14 iyuldagi 02-07-1799/04 son ma’lumotnomasi). Natijada, akademik liseyning Aniq fanlar, Xorijiy tillar va Ijtimoiy-gumanitar fanlar ta’lim yo‘nalishi o‘quv jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasi takomillashtirilgan;
asoslangan o‘quv (tahlil etish, taqqoslash) loyihalash asosida takomillashtirilgan akademik liseylarda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari analitik, tashkiliy, faoliyatga doir, natijaviylik bosqichlariga oid taklif va xulosalardan 2015-2017 yillarda bajarilgan KA-1-003 raqamli “Yoshlarda vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 14 iyuldagi 02-07-1799/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, akademik lisey o‘quvchilarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining bosqichlari takomillashtirilgan.