Karaketova Dilnoza Yuldashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bezorilikning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari», 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu439.
Ilmiy rahbar: Salaev Nodirbek Saparbaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Otajonov Abrorjon Anvarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xasanov Temur Xalmamatovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bezorilikning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlarini kompleks o‘rganish, bezorilikni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish, jinoiy va ma’muriy bezorilikning farqlarini ko‘rsatish, uning oldini olishda mavjud muammolarni aniqlash, tahlil etish va sohaga oid nazariyani, amaliyotni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aeroportlarda, vokzallarda, xiyobonlarda, istirohat bog‘larida, bozorlarda va savdo majmualari hududlarida, shuningdek ularga tutash hududlarda, avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida, ko‘chalarda, stadionlarda, bekatlarda, yo‘llarning qatnov qismida, moddiy madaniy meros ob’ektlari joylashgan hududlarda, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda so‘rab, tilanchilik bilan shug‘ullanganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash haqidagi taklif asoslantirilgan;
ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin aeroportlarda, vokzallarda, xiyobonlarda, istirohat bog‘larida, bozorlarda va savdo majmualari hududlarida, shuningdek ularga tutash hududlarda, avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida, ko‘chalarda, stadionlarda, bekatlarda, yo‘llarning qatnov qismida, moddiy madaniy meros ob’ektlari joylashgan hududlarda, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda so‘rab, tilanchilik bilan shug‘ullanganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash haqidagi taklif asoslantirilgan;
tunu kun faoliyat yuritadigan umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar ob’ektlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida mazkur ob’ektlarda videokuzatuv tizimini o‘rnatish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaning patrul` guruhlari tomonidan tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar ob’ektlar joylashgan yo‘nalishlarda doimiy nazorat o‘rnatilishi lozimligi isbotlangan;
profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilarining asosiy vazifasi sifatida tegishli hududda xavfsizlikni va jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning ogohligini oshirish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda ichki ishlar organlariga ko‘maklashishi haqidagi taklif asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bezorilikning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlarini tadqiq etish natijalari asosida:
aeroportlarda, vokzallarda, xiyobonlarda, istirohat bog‘larida, bozorlarda va savdo majmualari hududlarida, shuningdek ularga tutash hududlarda, avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida, ko‘chalarda, stadionlarda, bekatlarda, yo‘llarning qatnov qismida, moddiy madaniy meros ob’ektlari joylashgan hududlarda, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda so‘rab, tilanchilik bilan shug‘ullanganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash haqidagi taklifdan 2019 yil 9 yanvardagi O‘RQ–514-sonli «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunning 3-moddasi 4-bandini (O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1883-moddasi) ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 25.01.2021 yildagi 06/1-05/250-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi jamoat joylarida tilanchilik bilan shug‘ullanishning oldini olishga xizmat qilgan;
aeroportlarda, vokzallarda, xiyobonlarda, istirohat bog‘larida, bozorlarda va savdo majmualari hududlarida, shuningdek ularga tutash hududlarda, avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida, ko‘chalarda, stadionlarda, bekatlarda, yo‘llarning qatnov qismida, moddiy madaniy meros ob’ektlari joylashgan hududlarda, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda so‘rab, tilanchilik bilan shug‘ullanganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlik belgilash haqidagi taklif 2019 yil 9 yanvardagi O‘RQ–514-sonli «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunning 1-moddasi 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1271-moddasi)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 25.01.2021 yildagi 06/1-05/250-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi muayyan joylarda jamoat tartibining muhofaza qilinishi va saqlanishiga xizmat qilgan;
tunu kun faoliyat yuritadigan umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar ob’ektlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida mazkur ob’ektlarda videokuzatuv tizimini o‘rnatish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaning patrul` guruhlari tomonidan tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar ob’ektlar joylashgan yo‘nalishlarda doimiy nazorat o‘rnatishni belgilash haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar ob’ektlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 24 iyuldagi 624-son qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshisi hamda 4-bandi uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 13 yanvardagi 12/21-02-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi tungi vaqtlarda umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar ob’ektlarda jamoat xavfsizligining ta’minlanishiga xizmat qilgan;
profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilarining asosiy vazifasi sifatida tegishli hududda xavfsizlikni va jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning ogohligini oshirish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda ichki ishlar organlariga ko‘maklashishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 26 martdagi 251-son qarori bilan tasdiqlangan “Profilaktika (katta) isnpektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 3-bandi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 13.01.2021 yildagi 12/21-02-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi ichki ishlar organlarining hududlarda xavfsizlikni va jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning ogohligini oshirish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashiga xizmat qilgan.