Mamagaripov Abdunabining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Arrali jin chigit tarog‘ini takomillashtirish asosida ish unumdorligini oshirish”, 05.06.02 - To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2020.4.PhD/T1982
Ilmiy rahbar: Madumarov Ilxom Dedaxanovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Andijon mashinasozlik instituti” 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muxandislik-texnologiya instituti, PhD. 03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Ergashev Jamoldin Samatovich, texnika fanlari doktori, professor; Mo‘minov Mansur Raximjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi arrali jin chigit tarog‘ini takomillashtirish yo‘li bilan arrali jinning ish unumdorligini oshirish va mahsulot sifatini saqlab qolishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tola ajratish texnologik jarayonida tolasi to‘liq ajratib olingan chigitlarni arrali tola ajratish mashinasi kolosniklari bo‘ylab o‘zgarmas tezlik bilan harakatlanayotgan chigitlar oqimining harakatlanish qonuniyatini ifodalovchi matematik model` olingan;
tola ajratish mashinasi kolosnik yo‘lakchasi ikki yonidagi arra disklari vertikal o‘qi bo‘ylab to‘liq ajratib olingan chigitlarning kolosnik konturi bo‘ylab tezliklarini taqsimlanishi qonuniyati aniqlangan;
tola ajratish texnologik jarayonida ishchi kameradagi xomashyo valigi zichligini muqobillashtiruvchi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini saqlab qolish imkoniyatiga ega arrali jin chigit tarog‘ini ratsional konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
ko‘p omilli matematik rejalashtirish tajribalari asosida tola ajratish mashinasining ish unumdorligini oshirish imkoniyatini beruvchi chigit tarog‘i konstruksiyasining ratsional parametrlari aniqlangan;
tola ajratish texnologik jarayonida xomashyo valigi toladorligini oshirish, chigitning mexanik shikastlanganlik darajasi kamaytirish imkoniyatini beruvchi chigit tarog‘i konstruksiyasini gorizontal tekslikka nisbatan joylashish burchaklari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Arrali jin chigit tarog‘ini takomillashtirish yo‘li bilan jinlashning samarali texnologiyasini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida:
Arrali jin chigit tarog‘ini takomillashtirilgan konstruksiyasi “O‘zpaxtasanoat” AJ ga karashli Andijon 3 paxta tozalash korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zpaxtasanoat” AJ ning 2021 yil 11. 06 dagi FT-18/1238 - son ma’lumotnomasi). Natijada arrali jinlash jarayonida ishchi kameradan chigitlarning vaqt birligidagi chiqishi 3÷4 % ga ko‘payganligi sababli jarayon ish unumdorligi oshgan; 
Arrali jinlash jarayonida to‘rtburchak profilli chigit tarog‘i o‘rnatilgan ishchi kameraga asoslangan jinlash texnologiyasi “Uzpaxtasanoat” AJga qarashli Andijon 3 paxta tozalash korxonasida ishlab chiqarishga joriy  qilingan (“O‘zpaxtasanoat” AJ ning 2021 yil 11.06 dagi FT-18/1238 - son ma’lumotnomasi). Natijada arrali jin mashinasi ish unumi 15-17% ga oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish