Absalamov Akmal Tolliboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gonosomal evolyusion operatordan hosil qilingan traektoriyalarning asimptotik xarakteri», 01.01.01 – Matematik analiz (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/FM516
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Matematika instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM.86.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Rozikov Utkir Abdulloevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Jamilov Uyg‘un Umurovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Eshmamatova Dilfuza Baxramovna, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gonosomal evolyusion operatoridan hosil qilingan diskret vaqtli dinamik sistemalarda ixtiyoriy boshlang‘ich nuqta uchun traektoriyaning limit nuqtalari to‘plamini to‘la tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
normalangan gonosomal evolyusion operatori yagona qo‘zg‘almas nuqtasining global tortuvchanligi isbotlangan;
ikki jinsli populyasiyaning gonosomal evolyusion operatori uchun traektoriyalarning yaqinlashish tezligining tartibi topilgan;
ikki jinsli populyasiyaning parametrli gonosomal evolyusion operatori koordinata boshidan boshqa tortuvchi qo‘zg‘almas nuqtaga ega emasligi isbotlangan;
gonosomal evolyusion operatorlar sinfi uchun uning cheksiz ko‘p qo‘zg‘almas nuqtalarga egaligi va har bir qo‘zg‘almas nuqtalarga yaqinlashadigan o‘zaro kesishmaydigan traektoriyalar mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gonosomal evolyusion operatoridan hosil qilingan traektoriyalarning asimptotik xarakteri bo‘yicha olingan natijalar asosida:
normalangan gonosomal evolyusion operatori yagona qo‘zg‘almas nuqtasining global tortuvchanligidan №OT-F4-03 raqamli “Uzluksiz hamda disktret vaqtli aniq dinamik sistemalar, qismiy integral operatorlar spektlari” mavzusidagi fundamental loyihasida stoxastik operatorlar traektoriyalarining limit nuqtalari to‘plamini tavsiflashda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2021 yil 26-iyundagi №04/2058-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi, Vol`terra hamda Vol`terra tipida bo‘lmagan kvadratik va kubik stoxastik operatorlarning limit nuqtalarini tavsiflash imkonini bergan;
gonosomal evolyusion operatorlar sinfi uchun uning cheksiz ko‘p qo‘zg‘almas nuqtalarga egaligidan №OT-F4-02 raqamli “Matematik fizikaning holatlar to‘plami cheksiz bo‘lgan modellari termodinamikasi” mavzusidagi fundamental loyihasida fizik sistemaning translyasion-invariant qo‘zg‘almas va davriy nuqtalarga mos Gibbs o‘lchovlarini tavsiflashda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021 yil 21-iyundagi №04-04/01-158-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi, statistik fizikaning chekli sondagi spin qiymatiga ega bo‘lgan bir nechta modellari bilan populyasiya modellari orasidagi o‘xshashlikni aniqlash imkonini bergan.