Safarov Jahongir Oripovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘z allergik kasalliklarining klinik-immunologik xususiyatlari va ularni davolash», 14.00.36 - Allergologiya va immunologiya; 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1791.
Ilmiy rahbar: Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirraximova Saidaxon Shuxratovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Kamalov Zaynutdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Buzrukov Botir To‘lqinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: V.I.Vernadskiy nomidagi Qrim federal universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi organizm immun tizimi ko‘rsatkichlari bilan kasallikning klinik namoyon bo‘lishiga bog‘liqligini baholash asosida pollinoz etiologiyali ko‘z allergik kasalliklarini davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
allergik ko‘z kasalliklarining klinik namoyon bo‘lish xususiyatlari va ularni hududlarda kasallik rivojlanishi uchun sabab va allergik xavf omillari bilan bog‘liqligini asoslashdan iborat;
allergik ko‘z kasalliklarining klinik ko‘rinishlari bilan ko‘z yoshi suyuqligi va qonning immunologik ko‘rsatkichlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi o‘rganildi va ilmiy jihatdan isbotlandi;
pollinoz kon’yunktivit tashxislangan bemorlarda ko‘z yoshi kompleksi holatini standart, shu jumladan vizual usullar asosida baholash kasallikning kechishi ko‘z yoshi plenkasi stabilligining buzilishi bilan asoratlanadi;
ko‘z yoshi kompleksi holatini sun’iy ko‘z yoshi dori vositasi va yangi mahalliy kromoviz vositasini qo‘shish bilan ko‘zning allergik kasalliklarini baholash kasallikning ob’ektiv klinik namoyon bo‘lish dinamikasi asosida ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘z allergik kasalliklarining klinik-immunologik xususiyatlari va ularni davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘z allergik kasalliklarni davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Ko‘z allergik kasalliklarni davolash samaradorligini oshirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 yanvardagi 8n–d/24-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘z allergik kasalliklarni erta tashxislash davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
allergik konyuktivitga ega bemorlarda quruq ko‘z sindromiga tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Allergik konyuktivitga ega bemorlarda quruq ko‘z sindromiga tashxis qo‘yish va davolashni optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 yanvardagi 8n–d/24-son ma’lumotnomasi). Natijada allergik konyuktivit bilan xastalangan bemorlarda quruq ko‘z sindromini erta samarali tashxislash va kasallikni kompleks davolash taktikasini optimallashtirish imkonini bergan;
Ko‘z allergik kasalliklarining klinik-immunologik xususiyatlari va ularni davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali va Navoiy viloyat oftal`mologiya shifoxonasida klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 yanvardagi 8n – z/6 – son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi, quruq ko‘z sindromi bilan birgalikda pollinoz kon’yunktivitni davolashda tavsiya qilingan algoritm kasallikning kuchayishi boshlanganda allergiyaga qarshi dori vositalarini bosqichma-bosqich qo‘llash, keyinchalik unga ko‘z yoshi o‘rnini bosuvchi dori vositalarini qo‘shish natijasida sub’ektiv shikoyatlar kuchayishini 41,3%, ob’ektiv simptomatikani 43,4% ga kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash hamda takomillashtirish uchun dissertatsiyada olingan ilmiy natijalar qo‘llanilgan va mavjud tavsiya qilingan.