Sabirov Hasan Nusratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oziq - ovqat sanoatining rivojlanish tendensiyalarini ekonometrik modellashtirish», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt.935.
Ilmiy rahbar: Alimov Raimjon Hakimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Il`yos  Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Adizov Sanjar Rashidovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish tenden-siyalarini modellashtirish asosida sohani barqaror rivojlantirish yuzasi-dan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublika oziq-ovqat sanoatidagi tarkibiy o‘zgarishlarni modellash-tirish jarayonida o‘n ikkita asosiy oziq-ovqat mahsulotlari guruhi ishlab chiqarish tarkibi uchun 0,43 – 41,68 oralig‘ida etalon qiymatlar aniqlangan;
oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda ko‘p omilli empirik yondashuv va maqsadli modellashtirish indekslarini qo‘llash ishlab chiqarish tendensiyasining prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda eksport ulushi va tarkibiy o‘zgarishlarni e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
oziq-ovqat sanoatining statistik tahlili va modernizatsiyalashni baholash metodikasi soha xususiyati asosida mahsulotlar ishlab chiqarishda o‘rtacha og‘ishlar, tebranish, korrelyasion bog‘lanish, aproksimatsiya va determinatsiya qiymatlari hamda ishlab chiqarish funksiyasi kabi muhim ta’sir omillarini kompleks aniqlagan holda takomillashtirilgan;
milliy oziq-ovqat sanoatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tahlil va prognoz jarayonida Kobb - Duglas ishlab chiqarish modeli ishlab chiqarishga investisiyalarni (K) ustuvor kiritish va yangi texnologiyalarni jadal joriy etish negizida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Oziq-ovqat sanoati rivojlanish tendensiyalarini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
respublika oziq-ovqat sanoatidagi tarkibiy o‘zgarishlarni modellash-tirish jarayonida o‘n ikkita asosiy oziq-ovqat mahsulotlari guruhi ishlab chiqarish tarkibi uchun ishlab chiqilgan etalon qiymatlardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “Sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi qiymatini baholash bo‘yicha uslubiy nizom”ni takomillashtirishda foydalanilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 18 martdagi 01/4-10-15/2-68-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalardan foydalanish respublika hududlari-ning oziq-ovqat sanoati istiqboldagi tarkibiy o‘zgarishlarini baholash aniqligini oshirishga xizmat qilgan;
oziq-ovqat sohasini rivojlantirishda ko‘p omilli empirik yondashuv va maqsadli modellashtirish indekslarini maqsadli prognnozlarni e’tiborga olgan holda qo‘shllash bo‘yicha taklflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “Sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi qiymatini baholash bo‘yicha uslubiy nizom”ni takomillashtirishda foydalanilgan (Statistika qo‘mitasining 2021 yil 18 martdagi 01/4-10-15/2-68-son ma’lumotnomasi). Ushbu modellardan foydalanish natijasida respublika oziq-ovqat sanoati mahsulotining o‘sish sur’ati prognozi aniqligik darajasini oshirishga xizmat qilgan; 
oziq-ovqat sanoatining statistik tahlil qilish va modernizatsiyalashni baholash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining “Sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi qiymatini baholash bo‘yicha uslubiy nizom”ni takomillash-tirish foydalanilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 18 martdagi 01/4-10-15/2-68-son ma’lumotnomasi). Takliflardan foydalanish natijasida hududlarni modernizatsiyalash ko‘rsatkichlarini korreksiyalash va yanada aniqlashtirish iakoniyati yaratilgan;
milliy oziq-ovqat sanoatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Kobb - Duglas ishlab chiqarish modeli tahlil va prognoz jarayonida ishlab chiqarishga investisiyalarni (K) ustuvor kiritish va yangi texnologiyalarni jadal joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “Sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi qiymatini baholash bo‘yicha uslubiy nizom”ni takomillashtirishda foydalanilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 18 martdagi 01/4-10-15/2-68-son ma’lumotnomasi). Takliflardan foydalanish natijasida respublika oziq-ovqat sanoati mahsulotining umumiy hajmini monitoring qilish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish