Murtazaev Isabek Bazarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Navoiy viloyati iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt348.
Ilmiy rahbar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Murodova Nodira Kullievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ermamatov Shonazar Jumakulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Navoiy viloyatini iqtisodiy rivojlantirish, tarmoq va hududiy tarkibini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada sanoatni yanada samarali rivojlantirish uchun foydalanishga jalb etilmagan Azlar-Tol, Gulkon, Janubiy Machitsoy, Langar, Tasquduq, Yangiquduq singari konlarni ishga tushirish evaziga qurilish materiallari va iste’mol tovarlari kichik sanoat korxonalarini tashkil etish asosida ishlab chiqarishning yuqori sur’atlarini ta’minlash asoslangan;
Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida er osti suv zaxiralaridan oqilona foydalanish orqali chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish, yuqori qo‘shilgan qiymat va soliq tushumlari hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish asoslangan;
mintaqada qishloq xo‘jaligi hududiy ixtisoslashuvini foydalanilmayotgan ekin maydonlari, er ball boniteti, suv bilan ta’minlanganlik darajasi va aholi malakasi kabi omillar orqali takomillashtirilgan;
Navoiy viloyati iqtisodiyot tarkibini mavjud mineral xomashyo va qishloq xo‘jaligi salohiyatidan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan 2025 yilgacha mo‘ljallangan ko‘p omilli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Navoiy viloyati iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bbo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqada sanoatni yanada samarali rivojlantirish uchun foydalanishga jalb etilmagan Azlar-Tol, Gulkon, Janubiy Machitsoy, Langar, Tasquduq, Yangiquduq singari konlarni ishga tushirish evaziga qurilish materiallari va iste’mol tovarlari kichik sanoat korxonalarini tashkil etish asosida ishlab chiqarishning yuqori sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan mintaqa sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sanoat asosida yanada chuqur qayta ishlash bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 7 apreldagi 02/22-01-10/10-1072-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida viloyat tumanlari sanoat iqtisodiyoti ixtisoslashuvining joriy holati baholangan holda uning asosida istiqbolda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashuv jarayonlarini yanada rivojlantirish imkoniyatiga erishilgan;
Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida er osti suv zaxiralaridan oqilona foydalanish orqali chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish, yuqori qo‘shilgan qiymat va soliq tushumlari hamda yangi ish o‘rinlarining yaratilishi bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida cho‘l hududlarida chorva mollari bosh sonini oshirishni ta’minlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 7 apreldagi 02/22-01-10/10-1072-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Navoiy viloyati Tomdi va Uchquduq tumanlaridagi cho‘l yaylovlaridan er osti suv zaxiralaridan foydalangan holda quduqlar barpo etilishi evaziga chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish bo‘yicha takliflari asosida samaradorlikni yanada takomillashtirish imkoniyatiga erishilgan;
mintaqada qishloq xo‘jaligi hududiy ixtisoslashuvini foydalanilmayotgan ekin maydonlari, er ball boniteti, suv bilan ta’minlanganlik darajasi va aholi malakasi kabi omillar orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, er-suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 9 iyundagi 05/011-1661-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Navoiy viloyati tumanlari qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvining joriy holati baholanib, uning asosida istiqbolda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish bo‘yicha ixtisoslashuv jarayonlarini yanada takomillashtirish imkoniyatiga erishilgan;
Navoiy viloyati iqtisodiyot tarkibini mavjud mineral xomashyo va qishloq xo‘jaligi salohiyatidan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan 2025 yilgacha mo‘ljallangan ko‘p omilli prognoz natijalari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish omillari va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish mo‘ljallarining aniqligini ta’minlash maqsadida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 7 apreldagi 02/22-01-10/10-1072-son ma’lumotnomasi). Prognoz natijalaridan viloyat iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha optimal boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.