Yuldashev Jamshid Abrarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarini mijozga yo‘naltirilgan marketing strategiyalari asosida raqobatbardoshligini oshirish”,08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”, 08.00.11 “Marketing” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2021.2.PhD/Iqt1597.
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Mustafaqulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Samadov Asqar Nishanovich,iqtisodiyot fanlari nomzodi,dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda tijorat banklari raqobatbardoshligini mijozga yo‘naltirilgan marketing strategiyalari asosida oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarining mijozlar bazasi tarkibini tahlil qilishning skoring modeli asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish tartibining konseptual sxemasi orqali muammoli mijozlar salmog‘ini kamaytirish taklif etilgan;
tijorat banklarida GAP modelini qo‘llash orqali Liykert shkalasi asosida iste’molchilarning bank xizmatlaridan qoniqishini aniqlovchi omillar variatsiyasi asoslangan;
mijozga yo‘naltirilgan marketing strategiyasini qo‘llash orqali risklarni 1,5 baravarga hamda tashkiliy xarajatlarni 20 foizga kamaytirish orqali tijorat banklarining raqobatbardoshligini oshirish takomillashtirilgan;
mijoz salohiyati bo‘yicha segmentlash algoritmi asosida tijorat banklari barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan marketing siyosati orqali raqobatbardoshlikni 2 baravarga oshirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
tijorat banklarni raqobatbardoshligini mijozga yo‘naltirilgan marketing strategiyalari asosida oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarining mijozlar bazasi tarkibini tahlil qilish asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish tartibining konseptual sxemasi Asaka ATB hamda AT Xalq banki faoliyatiga joriy etilgan (Asaka ATBning 2021 yil 26 maydagi 19-01/3279-son, AT Xalq bankining 2021 yil 22 maydagi 20-18/690-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklif bo‘yicha olingan natijalar asosida Asaka” ATBning Toshkent shahar filiali hamda “Asaka” ATBning Avtotransport filialida mijozlar bilan ishlash bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada muammoli mijozlarni tahlil qilishda huquqiy yondashuvlar (choralar) keskin qisqartirildi va kuchli marketing siyosati evaziga muammoli mijozlar salmog‘i 31% ga kamaytirilgan;
tijorat banklarida mijozlar bilan munosabatlar holatini baholash iste’molchilarning xizmatlardan qoniqishiining yashirin omillarini aniqlash imkonini beruvchi GAP tahlil usulini “Asaka” ATBning “Asaka” va “Avtotransport” filiallariing mijozlar bo‘limi faoliyatiga joriy etilgan (“Asaka” ATBning Toshkent shahar filialining 2021 yil 9 martdagi 16/03/53-son, “Asaka” ATBning Avtotransport filialining 2021 yil 11 martdagi 15/08/58-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida “Toshkent shahar” filiali 2019 yilga nisbatan 2021 yilda bank xizmatlaridan foydalanuvchilar salmog‘i 2,1 foizga va ularga ko‘rsatiladigan bank xizmatlari hajmi 3,1 foizga oshgan;
tijorat banklarida mijozlar bilan ishlash bo‘limi marketologining mijozga yo‘naltirilgan vazifalari, xodim vazifalari, tashkiliy va tahliliy vazifalarini korporativ madaniyatning ichki siyosatini amalga oshirish strategiyasiga kiritish taklifi Asaka ATB hamda AT Xalq banki faoliyatiga joriy etilgan (Asaka ATBning 2021 yil 26 maydagi 19-01/3279-son, AT Xalq bankining 2021 yil 22 maydagi 20-18/690-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida “Asaka” ATBning filiallarida mijozlar bilan ishlash bo‘limi menedjeri uchun mijozga yo‘naltirilgan vazifalar, xodim vazifalari, tashkiliy va taxliliy vazifalari bo‘yicha yo‘riqnoma mijozlar bilan ishlash bo‘limlari faoliyatini tashkil etishda foydalanilgan;
tijorat baknlari raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan marketing siyosatini yuritish mijozlar saloxiyati, faoliyat tarmog‘i, yuridik shakli kabi segmentlar bilan ishlash algoritmi Asaka ATB hamda AT Xalq banki faoliyatiga joriy etilgan Asaka ATBning 2021 yil 26 maydagi 19-01/3279-son, AT Xalq bankining 2021 yil 22 maydagi 20-18/690-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etish natijasida Asaka” ATBning Avtotransport filialida savdo aylanmasini to‘ldirish maqsadlaridagi kredit ajratmalari miqdori 2,8 foizga, savdoni moliyalashtirish xizmatlari salmog‘i 3,4 foizga va XVO xizmatlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bank xizmatlari 3,1 foizga oshgan.