Tursunov Bobir Ortiqmirzaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalar moliyaviy xavfsizligini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Iqt311
Ilmiy rahbar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik; Qo‘zieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalar moliyaviy xavfsizligini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik korxonalari boshqaruv tuzilmasiga raqobat strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘limini kiritish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
to‘qimachilik korxonalari moliyaviy xavfsizlik darajasiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi muhit omillarini aniqlash maqsadida baholash mezonlarining yuqori va qo‘yi chegaralari (chiziqli matrisa qiymatlarining (0-0,22)–«xavf yuqori», (0,23-0,51)–«o‘rtacha xavf», (0,52-0,80)–«barqaror», (0,81-0,99)–«me’yordagi xavfsiz» va (1 dan yuqori)–«mutlaqo xavfsiz») ishlab chiqilgan;
korxonalarda moliyaviy boshqaruv instrumentlaridan oqilona foydalanish hamda moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashni boshqarish samaradorligini (0-0,30)–yomon, (0,31-0,50)–qoniqarsiz, (0,51-0,70)–qoniqarli, (0,71-0,85)–yaxshi va (0,86-1)–a’lo shkalalari bo‘yicha kompleks baholashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
to‘qimachilik tarmog‘ida moliyaviy xavfsizlikni tadqiq etishda hududlar sanoat ishlab chiqarishining progressiv va siklik dinamikasi parametrlarini baholash  =108,19+0,096*t+1,912Sin((-0,679)*t)–1,155Cos((-0,679)*t) modeli ishlab chiqilgan;
Covid-19 pandemiyasi bilan bog‘liq global iqtisodiy inqiroz tufayli yuzaga kelgan yuqori «turbulentlik» sharoitida iqtisodiy o‘sishning ishonchli prediktorlari asosida O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida 2025 yilgacha ishlab chiqarishning optimistik, real va pessimistik variantlardagi prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalar moliyaviy xavfsizligini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik korxonalari boshqaruv tuzilmasiga moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘limini kiritish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha berilgan taklif «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatiga uyushmaning №67-son buyrug‘iga asosan joriy etilgan («O‘zto‘qimachisanoat» uyushmasining 2021 yil 24 maydagi 04-06/1643-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni joriy etilishi, «SIRDARYA BEST FASHION» MChJ XKda debitorlik qarzdorlikni va xarajatlarni optimallashtirish asosida kreditorlik qarzlarini 1,4 barobar kamaytirishga, «BETLIS TEKSTIL» MChJ da debitorlik va xarajatlarni optimallashtirish asosida kreditorlik qarzlarini 22,5 foizga kamaytirishga, «Namangan to‘qimachi» MChJda debitorlik va xarajatlarni optimallashtirish asosida kreditorlik qarzlarini 22,5 foizga kamaytirishga imkoniyat yaratilgan;
to‘qimachilik korxonalari moliyaviy xavfsizlik darajasini baholashning yuqori va qo‘yi chegaralari asosida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining №67-sonli ichki buyrug‘iga ko‘ra tarkibdagi korxonalarning moliyaviy xavfsizligi darajalari baholangan («O‘zto‘qimachisanoat» uyushmasining 2021 yil 24 maydagi 04-06/1643-son ma’lumotnomasi). Natijada («BETLIS TEKSTIL» MChJ, «SIRDARYA BEST FASHION» MChJ hamda «Namangan to‘qimachi» MChJ korxonalarida moliyaviy xavfsizlik holatlari aniqlanib, moliyaviy xavfsizlikka xavf soluvchi ichki tahdidlar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan;
korxonalarda moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashni boshqarish samaradorligini (0-0,30)–yomon, (0,31-0,50)–qoniqarsiz, (0,51-0,70)–qoniqarli, (0,71-0,85)–yaxshi va (0,86-1)–a’lo shkalalari bo‘yicha kompleks baholash  bo‘yicha ilmiy takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining №67-sonli ichki buyrug‘iga asosan joriy etildi. («O‘zto‘qimachisanoat» uyushmasining 2021 yil 24 maydagi 04-06/1643-son ma’lumotnomasi). Natijada Natijada («BETLIS TEKSTIL» MChJ, «SIRDARYA BEST FASHION» MChJ hamda «Namangan to‘qimachi» MChJ korxonalarida moliyaviy xavfsizlikni boshqarish samaradorligi baholanib, moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan;
to‘qimachilik tarmog‘ida moliyaviy xavfsizlikni tadqiq etish yondashuvi hududlar sanoat ishlab chiqarishining progressiv va siklik dinamikasi parametrlarini baholash (( =108,19+0,096*t+1,912Sin((-0,679)*t)–1,155Cos((-0,679)*t) modelini e’tiborga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining “O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv trikotaj sanoatini rivojlantirishning 2030 yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasi”da foydalanish uchun qabul qilindi. («O‘zto‘qimachisanoat» uyushmasining 2021 yil 24 maydagi 04-06/1643-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv trikotaj sanoatini rivojlantirishning 2030 yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasining 6-bandidagi «To‘qimachilik sanoatini uzoq muddatli texnik-iqtisodiy rivojlanishning maqsadli paramertlarini» belgilash bo‘limida foydalanilgan;
Covid-19 pandemiyasi bilan bog‘liq global iqtisodiy inqiroz tufayli yuzaga kelgan yuqori «turbulentlik» sharoitida iqtisodiy o‘sishning ishonchli prediktorlari asosida O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida 2025 yilgacha ishlab chiqarishning optimistik, real va pessimistik variantlardagi prognozlar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining «O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv trikotaj sanoatini rivojlantirishning 2030 yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasi»da foydalanish uchun qabul qilindi. («O‘zto‘qimachisanoat» uyushmasining 2021 yil 24 maydagi 04-06/1643-son ma’lumotnomasi) O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarining 2020-2025 yillarda rivojlanish prognoz ssenariylari uchun ishlab chiqilgan ekonometrik modellar asosida O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv trikotaj sanoatini rivojlantirishning 2030 yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasining tegishli bandlariga tuzatishlar kiritilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish