Oqboev Alisher Rasuljanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Tikuv-trikotaj korxonalari raqobatbardoshligini boshqarishda brending strategiyasidan foydalanish”,08.00.13 - Menejment, 08.00.11 - Marketing(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2019.4.PhD/Iqt1173.
Ilmiy rahbar:Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Nuriddin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kasimova Fatima Tulkunovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd), dotsent.
Yetakchitashkilot:Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tikuv-trikotaj korxonalari raqobatbardoshligini boshqarishda brending strategiyasidan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tikuv-trikotaj korxonalari raqobatbardoshligini boshqarishda loyihalash, tashkil etish, ilgari surish va nazorat funksiyalari brend yaratish, identifikatsiyalash, segmentlash, pozisiyalash, o‘zaro munosabatlar va brendlar arxitekturasini yaratish dastaklari asosida takomillashtirilgan;
tikuv-trikotaj korxonalarining mahalliy brendlarini shakllantirishda milliy reyting me’zonlariga ishonch, qoniqish, sifat, narx, assortiment, moda va dizayn o‘lchov birliklarini kiritishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
tikuv-trikotaj korxonalarining mahalliy brendlari reytingida iste’molchilarning brenddan qoniqishi, sifat, dizayn, royalti, qiymat yaratish va daromadlilik darajasini oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
tikuv-trikotaj korxonalari raqobatbardoshligini oshirish menejmenti brend yaratish, brend arxitekturasini qurish va mahsulotlar imijini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tikuv-trikotaj korxonalari raqobatbardoshligini boshqarishda brending strategiyasidan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tikuv-trikotaj korxonalari raqobatbardoshligini boshqarishda loyihalash, tashkil etish, ilgari surish va nazorat funksiyalari brend yaratish, identifikatsiyalash, segmentlash, pozisiyalash, o‘zaro munosabatlar va brendlar arxitekturasini yaratish dastaklari asosida takomillashtirish taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga a’zo «Imron Textile Group» MChJ hamda «Istiqlol Tekstil Dizayn» MChJlar faoliyatiga joriy etilgan. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 17 martdagi 04/06-979-son ma’lumotnomasi).Mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi natijasida «Imron Textile Group» MChJda brend menejeri lavozimi joriy etilgan va «Imron» brendining 2019 yilga nisbatan 2020 yilda brend kapitali 10 foizga, «Istiqlol Tekstil Dizayn» MChJning «Ideal» brendi kapitali esa 11 foizga o‘sishga erishgan;
tikuv-trikotaj korxonalarining mahalliy brendlarini shakllantirishda milliy reyting me’zonlariga ishonch, qoniqish, sifat, narx, assortiment, moda va dizayn o‘lchov birliklarini kiritishning maqsadga muvofiqligi taklifi «Imron Textile Group» MChJ hamda «Istiqlol Tekstil Dizayn» MChJlarning brending amaliyotida foydalanilgan. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 17 martdagi 04/06-979-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi natijasida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga a’zo «Imron Textile Group» MChJ, «Istiqlol Tekstil Dizayn» MChJ va boshqa korxonalarida mahsulot sotish hajmi 1,9 foizga oshgan.
tikuv-trikotaj korxonalarining mahalliy brendlari reytingida iste’molchilarning brenddan qoniqishi, sifat, dizayn, royalti, qiymat yaratish va daromadlilik darajasini oshirishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha asoslangantaklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 17 martdagi 04/06-979-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga a’zo korxonalar brendini yanada rivojalantirish bo‘yicha srategik vazifalarni belgilash va «Uztextile» brendining korporativ imijini oshirishga xizmat qilgan hamda uning qiymati 2020 yilda 1 mln. AQSh dollariga baholangan;
tikuv-trikotaj korxonalari raqobatbardoshligini oshirish menejmenti brend yaratish, brend arxitekturasini qurish va mahsulotlar imijini kiritish asosida takomillashtirish taklifi «Imron Textile Group» MChJ hamda «Istiqlol Tekstil Dizayn» MChJlarning brendni boshqarish amaliyotida foydalanilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 17 martdagi 04/06-979-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi natijasida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga a’zo «Imron Textile Group» MChJning «Imron» brendining doimiy iste’molchilar sonini 25 foizga, «Istiqlol Tekstil Dizayn» MChJning «Ideal» brendining doimiy iste’molchilar sonini 27 foizga oshirish imkonini bergan.