Tolibov Nodirjon Norkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak uchuvchi- muhandislarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Qo‘mondonlik taktik havo kuchlari harbiy ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2043.
Ilmiy rahbar: Sharipova Dilara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019. Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Turaqulov Olim Xolbutaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Samarov Rustam Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchitashkilot: Buxorodavlatuniversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida bo‘lajak uchuvchi-muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlarini ijtimoiy-shaxsiy, tizimli, kompetentli, integrativ va metodologik yondashuvlar orqali kasbiy kompetentligini rivojlantirishning uslubiy-didaktik ta’minoti nazariya va amaliyotning inversiv o‘zaro uzviylik tamoyili asosida mazmunan rivojlantirilgan;
bo‘lajak uchuvchi-muhandislarning navigatorlik kasbiy kompetentligini rivojlantirishning darajali konseptual modeliga asoslangan metodik modeli maqsadli, mazmunli, faoliyatli-jarayoniy, natijaviy-korreksiyaviy bloklarni mazmunan uzviylashtirish orqali politexnik, modellashtirish, kasbiy mobillik va muvofiqlik tamoyillari asosida ishlab chiqilgan;
bo‘lajak uchuvchi-muhandislarni fanlararo gorizontal va vertikal integratsion o‘qitish orqali ekspluatatsion-jangavorlik, qo‘mondonlik, tashkiliy-boshqaruv va pedagogik kasbiy faoliyat tulariga tayyorlash metodikasi trenaj tayyorgarlikda innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash va didaktik mobil ilovani (Android platform) ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlarini kompleks trenaj va simulyatorlar orqali uchuvchilikka xos sifatlari hamda pedagogik, loyihalash, tadqiqotchilik, navigatorlik va modellashtirish kompetensiyalarini rivojlanganlik darajalarini harbiy-taktik baholash mexanizmlari navigatorlik kompetentligini stimullash va vaznli koeffisientini aniqlash asosida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak uchuvchilarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
malaka talablariga javob beradigan trenaj tayyorgarlik jarayonida bo‘lajak uchuvchi-muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar to‘plami (ijtimoiy-shaxsiy, tizimli, taktik darajada-kompetentli va integrativ) mazmunan takomillashtirilgan. Bo‘lajak uchuvchi-muhandislar uchun “Uchish apparatlari va trenajyorlarida qo‘llaniladigan navigatsiya jihozlari” nomli o‘quv qo‘llanma va “Mi-8Mt vertolyotining aviatsiya jihozlari” fani bo‘yicha mobil ilova ishlab chiqilgan va oliy harbiy aviatsiya bilim yurti ta’lim jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari vazirligining 2020 yil 2 dekabrdagi 25/10/1449-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanmadan oliy harbiy aviatsiya bilim yurti ta’lim jarayonida foydalanish bo‘lajak uchuvchi-muhandislarni kasbiy kompetentligining rivojlanishiga xizmat qilgan;
bo‘lajak uchuvchi-muhandislarning kasbiy (navigatorlik) kompetent-ligini rivojlantirishning konseptual metodik tizim modeliga asoslangan metodik modeli kasbiy kompetentlik darajasini uzluksiz bog‘liqligi, tabaqalashtirilgan, ijtimoiy aniqlangan maqsadlarni aniqlash va baholash, shu jumladan to‘rtta o‘zaro bog‘liq maqsadli, mazmunli, faoliyatli-protsessual, natijaviy-korreksiyalovchi) bloklar dan foydalanib ishlab chiqilgan va oliy harbiy aviatsiya bilim yurti ta’lim jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari vazirligining 2020 yil 2 dekabrdagi 25/10/1449-son ma’lumotnomasi). Mazkur model bo‘lajak uchuvchi-muhandislarni kasbiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak uchuvchi-muhandislarning kasbiy (navigatorlik) kompetentligini rivojlantirishning metodik modelini samarali amalga oshirish uchun zamonaviy innovatsion ta’lim texnologiyalari va interfaol ta’lim metodlaridan foydalanilgan, kasbiy navigatorlik kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan navigatorlik o‘yinlari, treninglar, turli xil vaziyatlarda muammolarni hal etishda loyihaviy topshiriqlar ishlab chiqish orqali navigatorlik kompetentligini rivojlanganlik darajalari va mezon ko‘rsatkichlari aniqlangan va oliy harbiy aviatsiya bilim yurti ta’lim jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari vazirligining 2020 yil 2 dekabrdagi 25/10/1449-son ma’lumotnomasi). Mazkur ishlab chiqilgan loyihaviy topshiriqlar bo‘lajak uchuvchi-muhandislarni kasbiy kompetentligini rivojlantirishga va pedagogik tajriba-sinov natijalarining sifat darajasini oshishiga xizmat qilgan.