Imomov Musurmon Pirnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kasbiy madaniyatini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped104.
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019. Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raqulov Olim Xolbutaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurod Normurodovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarida kasbiy madaniyatni kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarida kasbiy madaniyatni kognitiv, izlanishli, faoliyatli va amaliy komponentlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirishning axborot didaktik ta’minoti tizimli rejalashtirish, didaktik ta’sirlar majmui, o‘zaro muvofiqlashtirish orqali psixologik omillar va pedagogik shart-sharoitlarning uzviyligini ta’minlash natijasidamazmunan rivojlantirilgan;
professional ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy madaniyatini kompetensiyaviy yondashuv orqali rivojlantirishning konseptual metodik tizimi modeliga asoslangan metodik modelirefleksiv kompetentli sifatlar hamdakasbiy madaniyat tuzilmasi metodologik, nazariy, ilmiy, ijtimoiy-pedagogik, qadriyatiy dominantlarga ustuvorlik berish asosidaishlab chiqilgan;
professional ta’lim muassasasi o‘quvchilarida kasbiy kompetentlik sifatlari, intellektuallik, psixologik, fiziologik, ma’naviy-axloqiy etuklikni hamda texnologik, kommunikativ va konstruktorlik kompetensiyalarini shakllantirish orqali kasbiy madaniyatni rivojlantirish metodikasi kompetensiyaviy yondashuvning usuvor yo‘nalishlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentlik va mutaxassislikka xos sifatlarini, tayanch hamda asosiy kasbiy kompetensiyalarini baholash vositalarini kompetentli yondashuv asosida ishlab chiqish orqali ixtisoslik, maxsus va texnik bilimlar uzviyligida kasbiy madaniyatini rivojlanganlik darajalarini baholash mexanizmlari optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Professional ta’lim muassasasi o‘quvchilarining kasbiy madaniyatini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
professional ta’lim muassasasi o‘quvchilari kasbiy madaniyatini motivatsion-qadriyatiy, kognitiv, faoliyatiy komponentlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish imkoniyatlarini psxologik omillar va pedagogik shart-sharoitlarning uzviyligini ta’minlash orqali takomillashtirish, kasbiy kompetentlikning yuqori darajasini ifodalovchi integrativ sifat – “kasbiy madaniyati” tuzilmasi va mazmuni, tavsiflarini kompetensiyaviy nuqtai nazardan aniqlash, kasbiy madaniyatni rivojlantirish metodologiyasi, nazariyasi va amaliyoti birligini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlashga oid takliflarni o‘z ichiga olgan professional ta’lim muassasalari uchun “Pedagogik texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2021 yil 21 martdagi 110-son buyrug‘i). Mazkur o‘quv qo‘llanma professional ta’lim muassasasi o‘quvchilarining kasbiy madaniyatni motivatsion-qadriyatiy, kognitiv va faoliyatiy komponentlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning kasbiy madaniyatini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirishning metodik modeli shaxsning ijodiy imkoniyatlarini faollashtirishning ilg‘or g‘oyalariga asoslanib ishlab chiqilgan, kasbiy madaniyatni rivojlantirish konsepsiyasi, qonuniyatlari va tamoyillarini aniqlash va loyihalash texnologiyalari asosida ta’minlashga qaratilgan “O‘quvchilarning kasbiy madaniyatini shakllantirish texnologiyasi” nomli metodik qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va ta’lim jarayonida joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 iyundagi 89-03/2086-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodik qo‘llanma professional ta’lim muassasasi o‘quvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan.
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kasbiy madaniyatini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish jarayonida o‘zini o‘zi rivojlantirish va takomillashtirishga motivatsiya uyg‘otish, professional ta’lim muhitining barqarar rivojlanishi va bo‘lajak mutaxassisning shaxsiy-kasbiy shakllanishini ta’minlovchi ta’lim-tarbiya dasturini o‘z ichiga olgan dasturiy mahsulot va metodik qo‘llanmalar ishlab chiqilgan hamda Chirchiq, Qarshi va Namangan sanoat kasb-hunar kollejlarining ta’lim jarayoniga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2020 yil 16 iyundagi 89-03/2086-son ma’lumotnomasi). Mazkur ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotva metodik qo‘llanmalar professional ta’limda maxsus kurslar mazmuni, o‘qitish metodikasi va pedagogik tajriba-sinov ishlarining sifat darajasini oshirishga xizmat qilgan.