Aripxodjaeva Fazilatxon Zaynitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kliniko-eksperimental`noe obosnovanie terapii nealkogol`noy jirovoy bolezni pecheni pri metabolicheskom sindrome» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib853.
Ilmiy rahbar: Kayumov Ulug‘bek Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mirvosit Mirvosikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamrabaeva Feruza Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: alkogolsiz steatogepatitni davolashning eksperimental va patogenetik asoslangan usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor laboratoriya hayvonlarida jigar alkogolsiz steatogepatitni eksperimental modelini shakllantirish jarayonida jigar to‘qimasidagi steatoz va fibroz jarayonlarining bosqichli evolyusiya o‘zgarishlari baholangan;
yaratilgan eksperimental steatogepatit modelida insulinosensitayzer va gipolipidemik dori vositalarini monoterapiya sharoitida qo‘llanilganda jigar morfostrukturasining dinamik o‘zgarishlari asosida gepatoprotektor vositasining qo‘llanilishi zaruriyati asoslangan;
jigar alkogolsiz yog‘ kasalligi (JAYoK) bilan og‘rigan bemorlarda jigar funksional ko‘rsatkichlari, yog‘ almashinuvi va glikemik profil ko‘rsatkichlarining dinamikasini baholash asosida gepatoprotektor vositasining kompleks patogenetik davo sharoitida qo‘llanilishi asoslangan;
JAYoK bilan og‘rigan bemorlarda prooksidant tizim ko‘rsatkichlari o‘sma nekrozi omili-α, interleykin-6, antioksidant tizim ko‘rsatkichi dinamikasi asosida antioksidant va gepatoprotektor vositasining qo‘llanilish zaruriyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Metabolik sindromda jigar alkogolsiz yog‘ kasalligini davolashning klinik va eksperimental asoslangan usullarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
metabolik sindromida jigar alkogolsiz yog‘ kasalligining patogenetik davosini takomillashtirish usuli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Metabolik sindromida jigar alkogolsiz yog‘ kasalligining patogenetik davosini takomillashtirish usuli" uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 yanvardagi 8n-d/28-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma davolash tadbirlari samaradorligini baholash, bemorlar hayot sifatini yaxshilash, erta nogironlikning oldini olish imkonini bergan;
metabolik sindromida jigar alkogolsiz yog‘ kasalligining patogenetik davosini takomillashtirish usuli bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Jizzax viloyati Baxmal tuman tibbiyot birlashmasiga, Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 15 – sonli oilaviy poliklinikasi klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 iyuldagi 08n-09/8369-sonli ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi metabolik sindromda alkogolsiz jigar yog‘ kasalligini davolash samaradorligini oshirib, ularning hayot sifatini yaxshilanishiga, erta nogironlikning oldini olinishiga, hamda shifoxonada davolanish takroriyligi va muddatini qisqartirishga imkon bergan.