Xayitov Alisher Adxamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori jag‘ bo‘shlig‘i kistalarining tashxisoti va davosi samaradorligini oshirish», 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib 1496.
Ilmiy rahbar: Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand  davlat tibbiyot tibbiyot   instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Egorov Viktor Ivanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Shamsiev Djaxongir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Plovdiv tibbiyot universiteti (Bolgariya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yukori jag bushligi kistalarini erta tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolashni takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jarrohlik amaliyotidan keyin bemorlarda bo‘run bo‘shlig‘i shilliq pardasining so‘riluvchanligi, mukotsilliar transport va immunologik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi o‘zaro bog‘likligi isbotlangan;
ilk bor YuJBK bilan kasallangan bemorlarda boshqa surunkali rinosinusit kasalligidan farqlash va burunning funksional holatini to‘g‘ri baholagan holda maksimal davo usullarini belgilashda ekspert mezonlari, anketa so‘rovnomasi va otorinolaringologik tekshiruvlarni bir vaqtda qo‘llash erta diagnostik ahamiyati asoslangan;
YuJBK bilan kasallangan bemorlarda jarroxlik usulini o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan qurilma yordamida PBY orqali endoskopik infundibulotomiya va mikrogaymorotomiyadan samaradorligi isbotlangan;
YuJBK bilan kasallangan bemorlarda  mukammallashtirilgan jarroxlik amalietidan keyin, immunomodulyatorlar va kombinatsiyalashgan nazal vositalarning kompleks kullash kasallik kaytalanishining kamayishi va xayot tarzi sifati yaxshilanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ko‘p omilli kasallik hisoblangan yuqori jag‘ bo‘shlig‘i kistasini erta tashxislash va davolashni takomillashtirishni baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
yuqori jag‘ bo‘shlig‘i kistalarni erta tashxislash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yuqori jag‘ bo‘shlig‘i kistalari tashxisotining takomillashtirilgan algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 yanardagi 8n-r/72-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga qo‘llanilishi yuqori jag‘ bo‘shlig‘i kistoz zararlangan bemorlarda immun tizimini me’yorga keltiruvchi vositalarni qo‘llash yo‘li bilan davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
yuqori jag‘ bo‘shlig‘i kistalarining kam invaziv davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Yuqori jag‘ bo‘shlig‘i kistalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashni takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 yanvardagi 8n-r/73-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga qo‘llanilishi natijasida yuqori jag‘ bo‘shlig‘i kistoz zararlangan bemorlarda taklif etilgan jarrohlik usuli bilan davolash pastki burun yo‘li orqali kam invaziv imkon beradi, bu burunning funksional holatini saqlab qolish imkonini oshirgan;
yuqori jag‘ bo‘shlig‘i kistalarining tashxisoti va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Navoiy viloyat tibbiy ko‘p tarmoqli markazi, Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-sonli klinikasi otorinolaringologiya bo‘limi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘lig‘ni saqlash vazirligining 2021 yil 6 iyuldagi 8n-z/221-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish