Yarikulov Shuxrat Shokirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Puti snijeniya rezistentnosti mikroflori k antibiotikam pri lechenii gnoynix ran», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2019.2.PhD/Tib991
Ilmiy rahbarlar: Safoev Baqodir Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Bobur Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gulyamov Olim Mirzoxidovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent tibbiyot akademiyasi”
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fizik-kimyoviy usullar yordamida mikrofloraning antibiotiklarga mavjud rezistentligini pasaytirishning samarali usullarini ishlab chiqish orqali yumshoq to‘qimalarning yiringli jarrohlik kasalliklarini davolash natijalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
fizik omillardan ul`trabinafsha nurlar va kimyoviy preparat dimetil`sulfoksid eritmasining mikroorganizlar rezistentligiga ta’siri aniqlangan;
ul`trabinafsha nurlar va kimyoviy preparat dimetil`sulfoksid eritmasining birgalikda qo‘llash bilan yumshoq to‘qimalarning yiringli jarohatlarini davolashning samarali usuli ishlab chiqilgan;
fizik-kimyoviy omillardan foydalangan holda mikroorganizmlarning antibiotiklarga mavjud rezistentligini pasaytirish usuli ishlab chiqilgan;
fizik va kimyoviy usullar yordamida mikroflora rezistentligini pasaytirishni hisobga olgan holatda, ul`trabinafsha nurlanishidan va dimetil`sulfoksid eritmasidan foydalanib, yiringli jarohatlarni davolash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kombinatsiyalashgan fizik-kimyoviy usulni qo‘llash yordamida yumshoq to‘qimalarning yiringli kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
mavzu bo‘yicha tasdiqlangan uslubiy tavsiyanoma: «Yiringli jarohatlarni davolashda mahalliy dimetil`sulfoksid 25 foizli eritmasi va ul`trabinafsha nurlarni mahalliy qo‘llashda mikroflora rezistentligiga ta’sirini samarador baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 martdagi 8n-d/98 ma’lumotnomasi) tasdiqlangan. Ushbu uslubiy tavsiyanoma yumshoq to‘qimalarning yiringli jarrohlik kasalliklariga chalingan bemorlarni fiziko-kimyoviy usullardan foydalanib davolash kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olishga imkon berdi;
mavzu bo‘yicha tasdiqlangan uslubiy tavsiyanoma: «Yumshoq to‘qimalarning yiringli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda jarohatni 25 foizli dimetil`sulfoksid eritmasi va ul`trabinafsha nurlari bilan mahalliy ishlov berish usuli (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 martdagi 8n-d/98 ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyalar yumshoq to‘qimalarning yiringli jarrohlik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda jarohatni davolash dinamikasini baholashga imkon bergan;
davolash va diagnostika natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan amaliy tadqiqot ma’lumotlari Sog‘liqni Saqlash tashkilotlariga, shu jumladan Jondor tuman va Buxoro tuman tibbiyot birlashmalariga, Buxoro shahar va Kogon shahar tibbiyot birlashmalariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 iyuldagi 08-09/7963 ma’lumotnomasi). Dimetil`sulfoksid eritmasi va ul`trabinafsha nurlardan yumshoq to‘qimalarning yiringli jarrohlik kasalliklarini davolashda birgalikdagi foydalanish samaradorligi aniqlandi. Tadqiqot natijasida dimetil`sulfoksid eritmasi va jarohatlarning ul`trabinafsha nurlanishidan foydalangan holda yiringli-nekrotik kasalliklarga chalingan bemorlarni davolashning optimal usuli ishlab chiqilgan, bu esa jarohatlar mikroflorasining rezistentligini pasaytiradi va jarohat bitish fazalarini tezlashtiradi va bu esa davolashning o‘rtacha davomiyligi ikki kunga qisqartirgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish