Alimov Suxrob Usmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Qon ketishi bilan asoratlangan me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi mavjud bemorlarda gemostaz buzilishining patofiziologik aspektlari » 14.00.16 - Normal va patologik fiziologiya, 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1206.
Ilmiy rahbarlar: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mavlyanov Olimboy Razzakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03
Rasmiy opponentlar: Zokirov Yorqin Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Baymakov Sayfiddin Risbaevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsenti.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qon ketishi bilan asoratlangan me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi kuzatilgan bemorlarda gemostaz tizimini buzilishiga sabab bo‘luvchi gomeostatik omillar va ularning patogenetik mexanizmlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qon ketishi bilan asoratlangan me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi kuzatilgan bemorlarda, kasallik kechishi va rivojlanishida gemostaz tizimining ahamiyati ochib berilgan;
yaraga bog‘liq gastroduodenal qon ketgan bemorlarda qon yo‘qotish va qon ketish holatiga bog‘liq holda gemostaz tizimidagi buzilishlarning muhim ko‘rsatkichlari isbotlangan;
qon ketish bilan asoratlangan me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasallikli ketgan bemorlarda yara o‘lchami xamda yara anamnezi davomiyligiga bog‘liq holda gemostaz tizimidagi buzilishning ko‘rsatkichlari asoslangan;
gastroduodenal qon ketgan bemorlarda jinsi, qon guruxi va tana tuzilishiga bog‘liq holda gemostaz tizimidagi buzilishning korrelyasion bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qon ketishi bilan asoratlangan me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi mavjud bemorlarda gemostaz buzilishining patofiziologik aspektlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qon ketishi bilan asoratlangan me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi mavjud bemorlarda gemostaz buzilishining patofiziologik aspektlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Qon ketish bilan asoratlangan me’da va o‘n ikki barmoq icha yara kasallikli bemorlar og‘irlik darajasini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 yanvardagi 8n-d/16-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma qon ketishi bilan asoratlangan me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi mavjud bemorlarda gemostaz buzilishining patofiziologik aspektlarini baholash orqali kasallikni erta tashxislash orqali bemorlarni davolashda xirurgik amaliyotning samaradorligini oshirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
qon ketishi bilan asoratlangan me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi mavjud bemorlarda gemostaz buzilishining patofiziologik aspektlarini asoslashga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi hamda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani tibbiyot birlashmalarning klinik amalaiyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 maydagi 8n-z/93-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar qon ketish bilan asoratlangan me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi mavjud bemorlarda gemostaz tizimining buzilishiga asoslangan xolda qon ketishi davomiyligi va qaytalanishini bashorat qilish, bemorlarni diagnostik va davolash algoritmi ishlab chiqish, bemorlarning og‘irlik darajasini aniqlash, qon ketish va qaytalanishini bashoratlash qilishning aniqligini oshirishga, patogenetik asoslangan davolash usullarini yaxshilash uchun klinik- anamnestik ma’lumotlar bilan birgalikda gemostaz tizimining ko‘rsatgichlarining prognostik axamiyatini o‘rnatishga, bemorlarning statsionarda bo‘lish davomiyligini xamda asoratlarning uchrashini kamaytirishga imkon bergan.