Serebryakov Yuriy Vladimirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli vazn toifasidagi bokschilarning musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichidagi mashg‘ulot yuklamalarini optimallashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped.1857.
Ilmiy rahbar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:  O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Ped 28.01.
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Raximov Vladimr Shavkatovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urgench davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi har xil vazn toifasidagi bokschilarning musobaqaoldi tayyorgarligi dasturini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: mashg‘ulot va musobaqa faoliyati hususiyatlari hamda miqdoriy mezonlari, morfofunksional (tananing tarkibi) va antropometrik (bo‘y – vazn) ko‘rsatkichlari bo‘yicha farq qiluvchi turli vazn toifasidagi bokschilarning tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib maxsus musobaqa vositalari ishlab chiqilgan; 
turli vazn toifasidagi bokschilarning jismoniy (tezlik – kuch, kuch, koordinatsion, maxsus chidamlilik), texnik – taktik  tayyorgarligi va mashg‘ulot yuklamalari tuzilmasi xususiyatlardan kelib chiqib nokautchi bokschilar, tezkor bokschilar, universal bokschilar taktik mahorati takomillashtirilgan;
turli vazn toifasidagi bokschilarni musobaqalarga tayyorlash jarayonida maxsus harakat (tezkor hujumlar, qarshi jang, yaqin masofada jang) tayyorgarligi, texnik – taktik arsenal  va asosiy mashg‘ulot vositalarining (umumiy jismoniy va maxsus jismoniy) miqdoriy tavsif ko‘rsatkichlari  qarshi jang taktikasi, chapaqayga qarshi jang, kombinatsion, yaqin masofada jang qilish taktikasi hisobga optimallashtirilgan;
turli vazn toifasidagi bokschilarning mashg‘ulot jarayonini tashkillashtirishning mazmuni engil vaznlilar uchun (blokli, to‘lqinsimon), o‘rta vaznlilar uchun (to‘g‘ri chiziqli va zinasimon) va og‘ir vaznlilar uchun (to‘lqinsimon) innovatsion uslubiyat ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Har xil vazn toifasidagi malakali bokschilarni tayyorlash uslubiyatining optimal tuzilmasi va mazmunini ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar asosida:
har xil vazn toifasidagi bokschilarning musobaqaoldi tayyorgarlik bosqichidagi mashg‘ulot yuklamalarini optimallashtirish bo‘yicha takliflar Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoa o‘quv mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 19 iyundagi 02-07-08-1794-son ma’lumotnoma). Natijada 2019 yilgi Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 1 ta oltin, 2020 yil Iordaniyada bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 1 ta oltin va 1 ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan;
har xil vazn toifasidagi bokschilar: engil vaznlilar (blokli, to‘lqinsimon),  o‘rta vaznlilar (to‘g‘ri chiziqli va zinasimon), og‘ir vaznlilarning (to‘lqinsimon, to‘g‘ri chiziqli) mashg‘ulot jarayonini tashkil qilish dasturi buyicha takliflar «Teoriya i metodika boksa» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 dekabrdagi 648-sonli buyrug‘i, 648-032 raqamli guvohnoma). Natijada bokschilarning jismoniy tayyorgarligi darajasi 13,3% ga oshgan;
musobaqa faoliyatining muvaffaqiyatiga ta’sir qiluvchi eng ahamiyatli omillarga asoslangan maxsus pedagogik vositalar kompleksi «Teoriya i metodika boksa» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 dekabrdagi 648-sonli buyrug‘i, 648-032 raqamli guvohnoma). Natijada bokschilar musobaqa faoliyatining samaradorligi va natijadorligi 14,8% ga oshgan;
bokschilarning maxsus-jismoniy, texnik-taktik va funksional tayyorgarliklarini rivojlantirishning samarali usullar Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoa o‘quv mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 19 iyundagi 02-07-08-1794-son  ma’lumotnomasi). Natijada boks bo‘yicha ROSMMda o‘quv-mashg‘ulot jarayoni 10% ga optimallashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish