Ibragimov Behzod Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malaka oshirish tizimida sport kurashlari bo‘yicha trenerlarning kasbiy mahoratini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped448.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Mexriddin Junaydilloevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped 28.01.
Rasmiy opponentlar: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Bakiev Zafar Abdushukurovich pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport kurashlari bo‘yicha trener kadrlar malakasini oshirish jarayonini optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
sport kurashlari bo‘yicha turli toifadagi trenerlar tomonidan sportchilarni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan asosiy kasbiy ko‘nikma va malakalari tarkibi  darajasidan kelib chiqib, kasbiy mahorat elementlar tuzilmasida toifalar bo‘yicha xatolarni paydo bo‘lish sabablari, bazaviy tarkibi hamda pedagogik ta’sirlarini aniqlashtirish hisobiga texnik-taktik mahorati takomillashtirilgan;
har xil malakaga ega sportchilar bilan bevosita bellashuv jarayonida birinchi o‘smirlar va kattalar razryadlarida berilgan vaziyatlarda shartlangan harakatlarni kombinatsiyalash, sport ustasi va nomzodligida bellashuvlardagi harakatlarning ehtimoliy tarkibi izchiligini modellashtirish hisobiga texnik-taktik usullar takomillashtirilgan;
trenerlarning malaka talablaridan kelib chiqib sportchilarni texnik-taktik mahoratini oshirishda dasturlashtirilgan nazoratni joriy etish hisobiga ta’lim sifatini monitoring qilish mexanizmi ishlab chiqilgan;
“Sport mashg‘ulotlari nazariyasi va uslubiyati” va “Sport-pedagogik mahoratini oshirish” modullari bo‘yicha nazariy-amaliy mashg‘ulotlarda o‘zgaruvchan sharoitda “usulga qarshi muqobil usul bilan javob qaytarish harakatlari” hisobiga sportchiga variativ tanlash dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sport kurashlari bo‘yicha trenerlarning kasbiy mahoratini takomillashtirishga qaratilgan tajriba tadqiqotlari asosida:
sport kurashlarida texnik-taktik takomillashtirish uslubiyatlarini tanlashga taalluqli kasbiy mahorati elementlari tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi tinglovchilarining ta’lim jarayonida sinovdan o‘tkazilib, joriy qilingan (O‘zbekiston  Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 15 oktyabrdagi 02-07-01-2768-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport kurashlari bo‘yicha trenerlarning ixtisoslashtirilgan bilim va kasbiy malakalari 12% oshgan;
sport kurashlari bo‘yicha trenerlarning kasbiy mahoratini takomillashtirish hamda musobaqa faoliyatida texnik-taktik harakatlarni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-sonli buyrug‘i, 418-164-raqamli guvohnoma). Natijada, trenerlarning ixtisoslashtirilgan bilim va kasbiy malakalari 11% oshgan;
trenerlarning malaka talablaridan kelib chiqib sportchilarni texnik-taktik mahoratini oshirishda dasturlashtirilgan nazoratni joriy etish hisobiga ta’lim sifatini monitoring qilish mexanizmi O‘zbekiston Sport kurashlari assotsiatsiyasining erkin kurash bo‘yicha milliy terma jamoalarning o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari jarayoniga amaliyotga kiritilgan (O‘zbekiston  Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 15 oktyabrdagi 02-07-01-2768-son ma’lumotnomasi). Natijada, erkin kurash bo‘yicha trenerlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalari 13% o‘sishga imkon bergan.
 sport kurashlari bo‘yicha malaka oshirish kurslari tinglovchilarining “Sport mashg‘ulotlari nazariyasi va uslubiyati” va “Sport-pedagogik mahoratini oshirish” modullari bo‘yicha nazariy-amaliy mashg‘ulotlarda o‘zgaruvchan sharoitda “usulga qarshi muqobil usul bilan javob qaytarish harakatlari” hisobiga sportchiga variativ tanlash dasturi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Samarqand filialining malaka oshirish faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston  Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 15 oktyabrdagi 02-07-01-2768-son ma’lumotnomasi). Natijada, erkin kurash bo‘yicha trenerlarning ixtisoslashtirilgan bilim va kasbiy malakalari 10% oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish