Boltaev Akmal Akramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yosh voleybolchilarda maxsus ish kobilyatini rivojlantirish va uni o‘yin davomida saklash imkoniyati”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped445.
Ilmiy rahbar: Bairbekov Mamatqul Gaipnazarovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Boltaev Zayniddin Boltaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh voleybolchilarda maxsus ish qobiliyatini rivojlantirish va uni o‘yin davomida saqlash imkoniyatini eksperimental mashqlar asosida shakllantirish samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
15-16 yoshli voleybolchilarning turli tayyorgarlik sikllarida turgan joyda sakrash balandligi yugurib kelib sakrash balandligi, sakrash chidamkorligi ko‘rsatkichlari tezkor kuch sifatini baholashning yangi metodikasini ishlab chiqish hisobiga sakrovchanlik komponentlari takomillashtirilgan;
15-16 yoshli voleybolchilarning maxsus ish qobilyatini baholash uchun 12 kanalli elektrokardiograf BTL-08SD texnologiyasidan foydalanib mashg‘ulot va musobaqa sikllarida yuklamaning turli shiddat zonalarida fiziologik me’yor chegaralarini o‘zgarishidan kelib chiqib mashg‘ulot mazmuniga kichik xajmdagi lekin katta amplitudada bajariladigan vositalarni kiritish hisobiga maxsus ish qobilyatini o‘yin davomida saqlash imkoniyati kengaytirilgan;
15-16 yoshli voleybolchilarning texnik-taktik komponentlari hujum harakatlarini amalga oshirishda o‘yinchining funksional imkoniyatidan kelib chiqib zonalar oralig‘ida qisqa zarba past traektoriya bo‘yicha o‘z zonasiga hamda past traektoriya bo‘yicha bosh orqasiga 3-2-zonalar oralig‘iga qisqartirilgan masofalar bo‘yicha bog‘lovchi orqali to‘pni uzatish hisobiga «eshelon» va «to‘lqin» kombinatsiyalari takomilashtirilgan;
15-16 yoshli voleybolchilarda maxsus ish qobiliyatining jismoniy tayyorgarlik va texnik-taktik komponentlarini samarali shakllantirishga mo‘ljallangan yangi ixtisoslashtirilgan jismoniy va texnik-taktik-39ta mashqlar ishlab chiqish hisobiga jismoniy tayyorgarlik va texnik-taktik komponentlari hamda ularni qo‘llash dasturi pedagogik jihatdan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Tadqiqotda qo‘llanilgan an’anaviy va noan’anaviy uslub-testlar, olingan natijalar va 15-16 yoshli voleybolchilar misolida maxsus ish qobiliyatini jadal rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan:
15-16 yoshli voleybolchilarning turli tayyorgarlik sikllarida turgan joyda sakrash balandligi yugurib kelib sakrash balandligi, sakrash chidamkorligi ko‘rsatkichlari tezkor kuch sifatini baholashning yangi metodikasi bo‘yicha takliflar 2-sonli BO‘SM o‘quv mashg‘ulot dasturiga o‘zgartirishlar kiritish asosida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 22 noyabrdagi 03-07-08-4491-son ma’lumotnomasi). Natijada joyida turib balandlika sakrash 5,6 sm ga yugurib kelib balandlika sakrash 5,9 sm yaxshilangan;
15-16 yoshli voleybolchilarning maxsus ish qoblyatini baxolash uchun 12 kanali elektrokardiograf BTL-08SD texnologiyasidan foydalanib mashg‘ulot va musobaqa sikllarida yuklamaning turli shiddat zonalarida bajariladigan vositalar bo‘yicha takliflar 2-sonli BO‘SM o‘quv mashg‘ulot dasturiga o‘zgartirishlar kiritish asosida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 22 noyabrdagi 03-07-08-4491-son ma’lumotnomasi). Natijada 10-12% ga ortgan, aerob chidamkorlik – 9-10% ga ortgan, anaerob chidamkorlik – 3-16% gacha ortgan, qo‘llarning portlovchi kuchi – 17-19% ga ortgan;
15-16 yoshli voleybolchilarning texnik-taktik komponentlari hujum harakatlarini amalga oshirishda o‘yinchining funksional imkoniyatidan kelib chiqib zonalar oralig‘ida qisqa zarba past traektoriya bo‘yicha o‘z zonasiga hamda past traektoriya bo‘yicha bosh orqasiga 3-2-zonalar oralig‘iga qisqartirilgan masofalar bo‘yicha bog‘lovchi orqali to‘pni uzatish hisobiga «eshelon» va «to‘lqin» kombinatsiyalari bo‘yicha takliflar 2-sonli BO‘SM o‘quv mashg‘ulot dasturiga o‘zgartirishlar kiritish asosida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 22 noyabrdagi 03-07-08-4491-son ma’lumotnomasi). Natijada 11-14% ga ortgan, zarba berish chidamkorligining funksional qiymati – 15-18% ga tejamlangan, to‘siq qo‘yish chidamkorligining funksional qiymati – 12-14% ga tejamlangan;
15-16 yoshli voleybolchilarda maxsus ish qobiliyatining jismoniy tayyorgarlik va texnik-taktik komponentlarini samarali shakllantirishga mo‘ljallangan yangi ixtisoslashtirilgan mashqlar jismoniy va texnik-taktik-39ta ishlab chiqish hisobiga jismoniy tayyorgarlik va texnik-taktik komponentlari va ularni qo‘llash dasturi pedagogik jihatdan takomillashtirish bo‘yicha takliflar 2-sonli BO‘SM o‘quv mashg‘ulot dasturiga o‘zgartirishlar kiritish asosida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 22 noyabrdagi 03-07-08-4491-son ma’lumotnomasi). Natijada 15-16%ga tejamlangan, “archasimon” yugurish yuklamasi (92 m)ning funksional qiymati –13-14% ga tejamlangan, “kross” yugurish yuklamasining funksional qiymati – 9-11% ga tejamlangan.