Sheralieva Ozoda Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Dispers sistemalar xususiyatlarini rostlash uchun emul`sion-polimer suyuqliklar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1518.
Ilmiy rahbar: Ismailov Rovshan Israilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ulug‘ Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Bozorov Gayrat Rashidovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dispers sistemalarning xossalarini rostlash uchun emul`sion polimer eritmalarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
distillangan yog‘ kislotasining kub qoldig‘i, sovun ishlab chiqarish oqova suvi, gidrolizlangan lignin, alyuminiy shlaklarini qayta ishlash chiqindisi asosida SFM larni quruq granula hamda kukun xolatida olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
OGS va OGSL SFMlarining suvli eritmalari bilan akril polielektrolitlar (K-9, K-4) birgalikda qo‘llanilishi natijasida ularning sinergizm xodisasi namoyon qilishi aniqlangan;
SFM asosidagi burg‘ilash emul`siyalarining barqarorligi oshishi, OGS va OGSL qo‘shilganida quvurlarda turbulent oqimida gidravlik qarshilikni pasayishi va ularni antifriksion xossaga ega bo‘lishi aniqlangan;
ishlab chiqilgan SFMlar polukolloid bo‘lib, uning muxim konstantasi bo‘lgan misella hosil qilishning kritik konsentratsiyasi aniqlangan;
SFMlarning gilmoyalarga gidrofob va barqarorlashtirish ta’siri aniqlangan va quduqlarni murakkab geologik sharoitlarda burg‘ilash jarayonining samarali olib borish ilmiy texnologik prinsiplari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dispers sistemalarning xossalarini rostlash uchun emul`sin polimer eritmalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
distillangan yog‘ kislotalarining kub qoldig‘i va sovun ishlab chiqarish oqova suvi, alyuminiy shlak qayta ishlash qoldiqldari asosida granula holidagi OGS anion sirt faol modda (SFM) olish texnologiyasi «O‘zpaxtayog‘» uyushmasining «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmaning 2021 yil 27 iyuldagi KS/3-678-son ma’lumotnomasi). Natijada, import qilinadigan qimmat sirt faol modda arzon mahalliy analog bilan almashtirish va olinadigan mahsulotlarning tannarxini 25-30% ga kamaytirish imkonini bergan;
distillangan yog‘ kislotalarining kub qoldig‘i, sovun ishlab chiqarish oqava suvi va gidroliz lignini asosida kukun holida OGSL anion sirt faol modda (SFM) olish texnologiyasi «O‘zpaxtayog‘» uyushmasining «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmaning 2021 yil 27 iyuldagi KS/3-678-son ma’lumotnomasi). Natijada, olinadigan mahalliy kukun sirt-faol mahsulotlarning chuqur burg‘ulash quduqlarni samarali qazish imkonini beradi.