Mardonov Sherzod Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  «Paxta tozalash tarmog‘i korxonalarining rivojlanishi marketing strategiyasini amalga oshirish  mexanizmini takomillashtirish», 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1123.
Ilmiy rahbar: Kuliev Toxir Mamarajapovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03.10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Boltaboev Mahmudjon Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Akbarov Nodir Gafurovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxta tozalash tarmog‘i korxonalari rivojlanishi bo‘yicha marketing strategiyasini shakllantirish va uni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta tozalash korxonasining yaqin kelajakdagi strategik vazifalari - mahsulot sifatini, ishlab chiqarish va sotish hajmini, rentabellik va korxona qiymatining o‘sish darajasini oshirishdan kelib chiqqan holda paxta tozalash korxonasi marketing strategiyasi samaradorligini besh bosqichli ball tizimi (0 - 0,30; 0,31- 50; 0,51 - 70; 0,71 - 0,85; 0,86 - 1) asosida baholash taklif etilgan; 
paxta tozalash korxonalari o‘sish strategiyasini amalga oshirish samaradorligini ta’minlashda maqsadli dasturning eng maqbul variantini balanslashtirish orqali korxona qiymatini oshirish asoslangan; 
paxtachilik mahsulotlari bozorining muayyan ulushini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan savdo hajmini oshirish strategik maqsadiga erishish uchun paxta tozalash korxonasi uchta sohada fokuslashtirilgan o‘sish marketing strategiyasini amalga oshirishi lozimligi isbotlangan;
paxta tozalash korxonasining zamonaviy holati va istiqbol modelidan kelib chiqqan holda marketing va boshqaruv strategiyasi samaradorligini baholashni “paxta tozalash sishlab chtqarish sub’ektining maqsadli prognoz ko‘rsatkichlariga erishi” yondashuvi asosida amalga oshirishning maqsadga muvofiqlishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Paxta tozalash tarmog‘i korxonalarining rivojlanishi bo‘yicha marketing strategiyasini amalga oshirish  mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta tozalash korxonalarida strategiya sifati, maqsadga erishish darajasini balanslashtirish asosida marketing strategiyasi samaradorli-gini baholash shkalasi bo‘yicha taklifi «O‘zpaxtasanoat» AJ korxonalari marketing boshqaruv amaliyotiga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2020 yil 26 noyabrdagi 03-08/2674-son ma’lumotnomasi). Natijada marketing strategiyasini samarali amalga oshirishda  sotishdan olingan yalpi foydaning taqqoslama narxlardagi  o‘sish sur’ati 2019 yilda 2018 yilga nisbatan 14,6 % ni tashkil etgan;
paxta tozalash korxonalari o‘sish strategiyasini amalga oshirish samaradorligini ta’minlashda maqsadli dasturning eng maqbul variantini balanslashtirish orqali korxona qiymatini oshirish bo‘yicha takliflar “O‘zpaxtasanoat» AJ korxonalari boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan. (“O‘zpaxtasanoat» AJning 2020 yil 26 noyabrdagi 03-08/2674-son ma’lumotnomasi). Paxta tozalash korxonalarida muayyan sanoat xususiyatlarini belgilaydigan jihatlarini tizimli-integratsiyalashgan yondashuv holda strategiyani amalga oshirish natijasida boshqaruv xarajatlari  12 % ga kamaygan; 
paxta tozalash korxonasi uchta sohada fokuslashtirilgan o‘sish marketing strategiyasini amalga oshirishi lozimligi hamda o‘sish marketing strategiya-larini tanlash va natijadorligini baholash hamda nazorat qilish usuli marketing strategiyasini amalga oshirish dasturi bo‘yicha takliflar «O‘zpaxtasanoat» AJ korxonalari marketing faoliyatini boshqarish amaliyotiga joriy etilgan. («O‘zpaxtasanoat» AJning 2020 yil 26 noyabrdagi 03-08/2674-sonli ma’lumotnomasi). Paxta tozalash korxonalarida moliyaviy ko‘rsatkichlardan tashqari nomoliyaviy ko‘rsatkichlarni tizimlashtirish orqali asoslangan takliflarni qo‘llashda marketing boshqaruvi xarajatlari 14 % ga kamaygan; 
paxta tozalash korxonasining zamonaviy holati va istiqbol modelidan kelib chiqqan holda marketing va boshqaruv strategiyasi samaradorligini baholashni “paxta tozalash ishlab chiqarish sub’ektining maqsadli prognoz ko‘rsatkichlariga erishi” yondashuvi asosida amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklifi «O‘zpaxtasanoat» AJ korxonalari marketing faoliyatini boshqarish amaliyotiga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2020 yil 26 noyabrdagi 03-08/2674-son ma’lumotnomasi). Natijada sotishdan tushgan yalpi daromadning taqqoslama narxlardagi o‘sish sur’ati 2019 yilda 2018 yilga nisbatan 12,35 % ni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish