Tojiev Feruz Ibodullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pastki jag‘ nuqsonlarini individual tayyorlangan titan implantantlari bilan tiklash», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib766.
Ilmiy rahbar: Azimov Aziz Muxamadjonovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Supiev Turgan Kurbanovich tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston); Baymuradov Shuxrat Abdujalilovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: SAMSUNG medical centr universiteti (Koreya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Simmetrik tarafdagi sog‘lom jag‘ shakli bo‘yicha nuqsonni to‘ldiruvchi qo‘yma titan implanti konstruksiyasini ishlab chiqish hamda uni qo‘llash samaradorligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda ilk bor mul`tispiral kompyuter tomografiya va 3D modellashtirish natijalariga asoslanib, yuz va jag‘ suyaklarining 1:1 o‘lchamdagi jarrohlik shabloni yaratilgan;
yuz va jag‘ suyaklari modelini yuqori-molekulyar polietilendan tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilib, modelda saqlab qolingan pastki jag‘ ortognatik tishlovga qo‘yilgan holatida, nuqsonning asl shakli va o‘lchami aniqlangan;
3D modellashni qo‘llash orqali nuqsonning polietilen shablonini tayyorlash, shablonni moslashtirish, jag‘ning shox sohasi va bo‘g‘im ichiga joylashtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
individual tayyorlangan titan jag‘ning titan-dioksid (bioaktiv qoplama) bilan qoplangan ichki yuzasi hamda bemorning saqlanib qolgan jag‘ining tashqi yuzasi orasida osteointegratsiya jarayoni borligi aniqlangan;
individual tayyorlab olingan pastki jag‘ titan implantlariga dental implantlarni joylashtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pastki jag‘ nuqsonlarini titan implantlar bilan bartaraf qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jag‘ nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni operatsiya oldi tayyorgarlik algoritmini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Pastki jag‘ nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni individual tayyorlangan titan implantantlari bilan tiklash uchun operatsiya oldi tayyorgarlik algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 fevraldagi 8n-d/127-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yuqori va pastki jag‘larning stereolitografik modellarini qo‘llash orqali, jarrohlik amaliyotining aniqligini yaxshilash va operativ aralashuvni bajarish vaqtini qisqartirish imkoniyatini bergan;
jag‘ nuqsonlarini individual tayyorlangan titan implantantlari bilan tiklash usullariga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Pastki jag‘ nuqsonlarini individual tayyorlangan titan implantantlari bilan tiklash usuli” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 fevraldagi 8n-d/126-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma pastki jag‘ nuqsonlarini individual tayyorlangan titan implantlari yordamida tiklash imkoniyatini bergan;
ishlab chiqilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filialiga va Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 martdagi 8n-z/81-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi jarroxlik amaliyotdan keyingi erta va kechiktirilgan davrlarda asoratlar sonini va ikkilamchi deformatsiyalarni rivojlanish xavfini kamaytirish, bemorlarni statsionarda davolanish davomiyligini qisqartirish imkonini bergan.