Iriskulova El`mira Uraimkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quloq oldi so‘lak bezi xavfsiz o‘smalarini tashxislash va davolashda qiyosiy yondashuv», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib682
Ilmiy rahbar: Jilonov Abdubori Astonaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc04/30.12.2019.Tib.59.01
Rasmiy opponentlar: Arjansev Andrey Pavlovich tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qulok oldi so‘lak bezining xavfsiz o‘smalari bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quloq oldi so‘lak bezi xavfsiz o‘smalari uchun 70% holatlarida kompression sonoelastografiyadan olingan ma’lumotlarga asosan ikkinchi turdagi rang naqshi bilan birga bir xil ranglanishi isbotlangan;
sonografiyada olingan ma’lumotlarni qo‘llashdan quloq oldi so‘lak bezi xavfsiz o‘smalarining eng ko‘p tarqalgan va kam uchraydigan gistologik turlarining ultratovush semiotikasi aniqlangan;
quloq oldi so‘lak bezi o‘smalarini tashxislash samarasini oshirish maqsadida, UTT ma’lumotlariga ko‘ra aniqlangan psevdokistalarda MRTni qo‘llash isbotlangan;
quloq oldi so‘lak bezi xavfsiz o‘smalarini jarroxlik yo‘li bilan davolashda ishonchli ahamiyatga ega klinik va instrumental ma’lumotlarga asosan yuzning mimika muskullari parezini matematik prognozlash modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Quloq oldi so‘lak bezining xavfsiz o‘smalar tashxisi va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quloq oldi so‘lak bezining xavfsiz o‘smalar tashxislashda kompleks UTT qo‘llanilishining ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Quloq oldi so‘lak bezining xavfsiz o‘smalari tashxislashda sonoelastografiyadan foydalanish» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-r/389-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma quloq oldi so‘lak bezining xavfsiz o‘smalari bo‘lgan bemorlarda diagnostika tadbirlarini takomillashtirish imkonini bergan;
quloq oldi so‘lak bezi sohasida xavfsiz o‘smalar jarroxlik davolash turlarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Quloq oldi so‘lak bezining xavfsiz o‘smalarini jarroxlik davolashning modifikatsiyalangan usullari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagi 8n-r/371-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma quloq oldi so‘lak bezining xavfsiz o‘smalari bo‘lgan bemorlarni jarroxlik davolashni optimallashtirish imkonini bergan;
quloq oldi so‘lak bezining xavfsiz o‘smalar tashxislash va davolashdan keyin olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-d/188-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot olingan natijalarni amaliyotga joriy qilish quloq oldi so‘lak bezi xavfsiz o‘smalari bo‘lgan bemorlarda o‘z vaqtida va samarali tashxis qo‘yish va optimal jarrohlik muolajasini amalga oshirish imkonini bergan.