Muradova Nargiza Uljaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda lizing xizmatlari bozorini rivojlantirish samaradorligini oshirish”, 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt54.
Ilmiy maslahatchi: Zaynalov Jahongir Rasulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sobirov Oybek Shavkatbekovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “UZBEK LIZING INTERNATIONAL A.O.” AJ QK
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: lizing xizmatlari bozorini rivojlantirish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lizing oluvchining moliyaviy imkoniyatini oshirish uchun intensiv o‘zgaruvchan foizlarga mutanosib muddatni shakllantirish taklifi asoslangan;
lizing xizmatlari bozori ishtirokchilari o‘rtasida marketing informatsion tizimini shakllantirishga qaratilgan interaktiv raqamli marketpleys innovatsion platforma loyihasi ishlab chiqilgan hamda modullilik va standartlashtirish omillarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
“O’zagrolizing” AJ lizing beruvchilar faoliyatini moliyaviy bozor ulushi, milliy standarti, talabning mavjudligi va sifat mezonlariga muvofiq reytingini baholash amaliyoti asoslangan;
lizing beruvchilarning likvidlilik riskini boshqarishda lizing shartnomasining 5-20 foizigacha miqdorda zaxiralar shakllantirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Lizing xizmatlari bozorini rivojlanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
lizing oluvchining moliyaviy imkoniyatini oshirish uchun intensiv o‘zgaruvchan foizlarga mutanosib muddatni shakllantirish taklifi O‘zbekiston lizing beruvchilar Assotsiatsiyasining 2019 yil 03 yanvar 26-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston lizing Assotsiatsiyasining 2020 yil 3 sentyabrdagi 1150-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida moliyaviy ochiqlik va moliyaviy savodxonlikni ta’minlaydigan xaridorlarga asoslangan marketing konsepsiyasi yondashuvlaridan foydalanish natijasi lizing bitimlarini tuzish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, transaksion xarajatlarning o‘rtacha 9-10%ga qisqarishiga erishilgan;
lizing xizmatlari bozori ishtirokchilari o‘rtasida marketing informatsion tizimini shakllantirishga qaratilgan interaktiv raqamli marketpleys innovatsion platforma loyihasi ishlab chiqilgan hamda modullilik va standartlashtirish omillarini kiritish orqali takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston lizing Assotsiatsiyasining lizing xizmatlari bozorini istiqbolli rivojlantirish dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston lizing Assotsiatsiyasining 2020 yil 3 sentyabrdagi 1150-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyihani amaliyotga joriy etish orqali biznes-hamkorlar va mijozlar tahlillari, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish hamda marketing tadbirlari xarajatlarining o‘rtacha 8%ga qisqarishiga erishilgan;
“O’zagrolizing” AJ lizing beruvchilar faoliyatini moliyaviy bozor ulushi, milliy standarti, talabning mavjudligi va sifat mezonlariga muvofiq reytingini baholash amaliyoti bo‘yicha taklifi O‘zbekiston lizing Assotsiatsiyasining 2019 yil 03 yanvar 26-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston lizing Assotsiatsiyasining 2020 yil 3 sentyabrdagi 1150-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etish natijasida lizing beruvchilar faoliyatidagi raqobatbardoshlikka qaratilgan marketing mexanizmlarining yanada faollashuvi natijasida marketing faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘rtacha 4%ga oshgan.
lizing beruvchilarning likvidlilik riskini boshqarishda lizing shartnomasining 5-20 foizigacha miqdorda zaxiralar shakllantirishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston lizing Assotsiatsiyasining 2019 yil 03 yanvar 26-son buyrug‘i bilan “O’zagrolizing” AJ Samarqand viloyati filiali amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston lizing Assotsiatsiyasining 2020 yil 3 sentyabrdagi 1150-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston lizing Assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lgan “O’zagrolizing” AJ Samarqand viloyati filiali faoliyatining biznes-aloqalarida qo‘llanilishi natijasida iqtisodiy va vaqt sarflaridagi yo‘qotishlari 4%ga qisqargan, iqtisodiy samaradorlik 7%ga ortgan.