Nazarov Ulugbek Kaxramonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekologik noqulay xududlarda yashovchi odamlarda kobalt-xrom qotishmali metall asosli konstruksiyalar bilan protezlashda samaradorlikni oshirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib.1557.
Ilmiy rahbar: G‘afforov Sunatullo Amrullaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Mandra Yuliya Andreevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Murtazaev Saidmurodxon Saidaloevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «Toshkent tibbiyot akademiyasi»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekologik noqulay hududlarda yashovchi odamlarda kobalt-xrom qotishmali metal asosli konstruksiyalar bilan protezlash 
samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli geografik xudud va iqlim sharoitidagi kon-metallurgiya sanoati korxonalari ishchilarining og‘iz bo‘shlig‘i a’zo va to‘qimalaridagi klinik-funksional holatiga ishlab chiqarish zararli omillarining patomorfologik ta’siri aniqlangan;
og‘iz suyuqligi va biosubstratlardagi klinik-funksional parametrlarga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish muxitidagi zararli omillar xamda sun’iy tish protezlarini tayyorlashda ishlatiladigan metall qotishmalarning birgalikdagi salbiy ta’sirlari asoslangan;
ekologik noqulay ishlab chiqarish sharoiti mavjud korxonalarda ishlovchi va xudlarda yashovchilarda sun’iy tish protezlarini qo‘llab ortopedik yordam ko‘rsatishda qo‘llanilayotgan xom-ashyolarni elektromagnit xususiyatlari, bemorning bioelektromagnit reaktivlik indeksi xamda xudud xavosida mavjud inson tanasiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni inobatga olib yondoshish asoslangan;
ortopedik yordam ko‘rsatishda, odamning sun’iy tish protezlari xom-ashyolarining va ekologik muhit parametrlarini elektromagnit, bioelektromagnit reaktivlik omillari keltirib chiqaruvchi patologiyalarni davolash, tashhislash, bashoratlash, kobal`t-xrom va nikel-xrom metall qotishmalarini qo‘llashga individual yondoshuv asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ishchilarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarining rivojlanishi, erta tashhislash va oldini olish uchun xavf omillarini aniqlashga kompleks yondashish asosida: 
metallni qayta ishlash korxonalari ishchilari og‘iz bo‘shlig‘i a’zolari xolati bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Metallni qayta ishlash korxonalari ishchilari og‘iz bo‘shlig‘i a’zolari va to‘qimalari funksional-tarkibiy xolati» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi 18.06.2020-sonli 8n-r/171-sonli xulosasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma metallga ishlov berish ishlarida og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalarining funksional-tizimli holatini tahlil qilish imkonini bergan;
kobalt-xrom qotishma tish protezlaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tish protezlarida kobalt-xrom qotishmani donadar ko‘rinishda foydalanishni asoslash» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 18.06.2020 yildagi 8n-r/172 sonli xulosasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma kobalt-xrom qotishmasidan tish protezlari uchun granulalar shaklida foydalanishni asoslash imkonini bergan;
Olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotida, shu jumladan, Buxoro viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi, Vobkent tuman stomatologiya poliklinikasi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati poliklinikasi va Nijniy Tagil shahridagi 1-shahar shifoxonasi qoshidagi EVRAZ NTMK poliklinikasida tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 23.12.2020 yildagi 8n-d/271-son xulosasi). Olingan natijalarni amaliyotga joriy etish rivojlanish xavfi omillarini aniqlash, erta tashhis qo‘yish va oldini olish bo‘yicha kompleks yondashuvni tahlil qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish