Saidjalalova Sayyora Mirsadikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nofilologik oliy ta’lim muassasalari bo‘lajak mutaxassislarida nutq kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1570.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shahzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar:Xashimova Dildora O‘rinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Asilova Gulshan, pedagogika fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi nofilologik oliy ta’lim muassasalari bo‘lajak mutaxassislarida rus tilini o‘qitish jarayonida nutq kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bo‘lajak mutaxassislarga rus tilini o‘qitish jarayonida nutq kompetensiyalarini rivojlantirishda keys-stadilarda kompetent yondashuvning motivatsion mezoniga ustunlik berishga asoslangan fasilitatsiya innovativ yondashuvini o‘quv jarayoniga tatbiq etishning ilmiy-nazariy asoslari hamda didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
nofilologik oliy ta’lim muassasalari bo‘lajak mutaxassislarining kelgusi faoliyati uchun foydalanishga mo‘ljallangan ilmiy-pedagogik, tizimlashtirish, umumlashtirish kabi metodik yondashuvlarga asoslangan nutq kompetensiyalarini rivojlantirishning tarkibiy va funksional modeli ishlab chiqilgan; 
bo‘lajak mutaxassislarning nutq kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari mustaqil ta’lim olishda perseptual funksiyalar va refleksiya kabi metakognitiv tarkibiy aspektlarni mazmuniy uzviylik asosida o‘qitish tamoyilini talabalarning nutqiy kompetensiyasining assotsiativ anglash komponentini sohaviy yondashuvning fasilitatsion usuliga tatbiq etish orqali takomillashtirilgan;  
bo‘lajak mutaxassislarda rus tilini o‘qitish jarayonida nutq kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalarning metakognitiv tarkibiy qismlarini rivojlantirishga  qaratilgan elektron trenajyorlarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nofilologik oliy ta’lim muassasalari  bo‘lajak mutaxassislarida rus tilini o‘qitish jarayonida nutq kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
bo‘lajak mutaxassislarda rus tilidagi nutq kompetensiyalarini takomillashtirishning tarkibiy va funksional modeli bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar va ishlanmalardan oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 10 fevraldagi 89-03-822-son ma’lumotnomasi). Natijada “Kon ishlari”, “Elektromexanika” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat bosqichida  Rus tili o‘quv kursi va o‘quv ishchi rejalari mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
pedagogik texnologiyalarning metakognitiv (refleksiya, mustaqil ta’lim olish) tarkibiy qismlari bo‘yicha ishlab chiqilgan materiallardan nofilologik oliy ta’lim muassasalarining didaktik jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 10 fevraldagi 89-03-822-son ma’lumotnomasi). Natijada nofilologik oliy ta’lim muassasalarida "Rus tili" o‘quv moduli mazmuni innovatsion pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislar uchun ilmiy-pedagogik, tizimlashtirish, umumlashtirish kabi metodik yondashuvlarga ustuvorlik berishga moslashtirilib, takomillashtirilgan model` bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FZ-2016-0909111822 raqamli “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashuvchanlik ko‘nikmalarini shakllantirishi mexanizmlari” loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 12 yanvardagi 89-03-150-son  ma’lumotnomasi). Natijada nofilologik oliy ta’lim muassasalari  bo‘lajak mutaxassislarida rus tilidagi nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan; 
innovatsion pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayonida qo‘llash  bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalardan on-layn kurslari (strim, strategik o‘qishlar)ni tashkil qilishda foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Davlat unitar korxonasining intellektual mulk to‘g‘risidagi guvohnomasi, 2020 yil 18 noyabr`, 002670-son ma’lumotnomasi). Natijada onlayn va oflayn rejimda bo‘lajak mutaxassislarning rus tilidagi nutq kompetensiyalari  rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish