Axmedjonov Aziz Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish korxonalarida iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt676.
Ilmiy rahbar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.03/30.12.2019.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Kulmamat Djanzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;   Bobanazarova Jamila Xolmurodovna,  iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida xizmat ko‘rsatish korxonalarida iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshqaruvning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, strategik maqsadlarga yo‘naltirilgan xarajatlarni minimallashtirish hamda biznes-jarayonlarini modellashtirish asosida servis korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish orqali intensiv rivojlanishini ta’minlash tizimi takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish korxonalarida integral unumdorlik, mahsulotning mehnat sig‘imi, xizmatlar sifati hamda iste’mol talabini qondirishning statistik ko‘rsatkichlari asosida iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tasnifi ishlab chiqilgan;
mehnat unumdorligi, fondlar qaytimi, ishchi-xodimlar va asosiy fondlar indekslari asosida xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy rivojlanishning intensiv va ekstensiv omillarini taqqoslash orqali iqtisodiy o‘sishni integral baholash usuli takomillashtirilgan; 
xizmat ko‘rsatish korxonasida xodimning o‘zgarishlarga tayyorligi, faoliyatni natijaga yo‘naltirilganligi, samarali kommunikatsiya, professionallik, tadbirkorlik layoqati bilan bog‘liq xulq-atvor indikatorlari tasnifini shakllantirish asosida mutaxassisning korporativ kompetensiya modeli taklif etilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish korxonalarida iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
boshqaruvning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, strategik maqsadlarga yo‘naltirilgan xarajatlarni minimallashtirish hamda biznes-jarayonlarini modellashtirish asosida servis korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish orqali intensiv rivojlanishini ta’minlash tizimini takomillashtirish taklifi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 24 avgustdagi 01/00-04/07-7215-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish korxonalarida mehnat faoliyatini tashkil etish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
xizmat ko‘rsatish korxonalarida integral unumdorlik, mahsulotning mehnat sig‘imi, xizmatlar sifati hamda iste’mol talabini qondirishning statistik ko‘rsatkichlari asosida iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tasnifi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining «Band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirishni tashkil qilish» boshqarmasi amaliyotida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 24 avgustdagi 01/00-04/07-7215-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish korxonalarida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini baholash uchun tadbiq etilayotgan ko‘rsatkichlarni tizimlashtirish asosida ularning alohida yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyati samaradorligini aniqlash imkonini bergan; 
mehnat unumdorligi, fondlar qaytimi, ishchi-xodimlar va asosiy fondlar indekslari asosida xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy rivojlanishning intensiv va ekstensiv omillarini taqqoslash orqali iqtisodiy o‘sishni integral baholash usulini takomillashtirish taklifi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining «Bandlik dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish» boshqarmasi amaliyotida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 24 avgustdagi 01/00-04/07-7215-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida mehnat unumdorligi va fondlar qaytimi indekslarining mos ravishda o‘rtacha 1,14 va 1,01  koeffisientga oshishi natijasida iqtisodiy o‘sish darajasining umumiy indeksini 1,1 koeffisientga oshirishga erishilgan;
xizmat ko‘rsatish korxonasida xodimning o‘zgarishlarga tayyorligi, faoliyatni natijaga yo‘naltirilganligi, samarali kommunikatsiya, professionallik, tadbirkorlik layoqati bilan bog‘liq xulq-atvor indikatorlari tasnifini shakllantirish asosida mutaxassisning korporativ kompetensiya modeli Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 24 avgustdagi 01/00-04/07-7215-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish korxonasining xodimga taqdim qilayotgan talablarini konkretlashtirish va natijalarni baholash mezonlarini aniqlash imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish