Muxammadiev Ne’matjon Raxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kompozision rel`s osti tagligini ishlab chiqish va rel`slarni tutashgan zonasida ishlash xususiyatini tadqiq etish», 05.08.02-Temir yo‘llar va yo‘l xo‘jaligi va 05.09.05- Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2134.
Ilmiy rahbarlar: Bel`tyukov Vladimir Petrovich, texnika fanlari doktori, professor va Soy Vladimir Mixaylovich, texnika fanlari doktori, dotsent;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/30.12.2019.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Vaxitov Mubin Muminovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor; Mamadaliev Aziz Yusupalievich, texnika fanlari doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muxandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy mineral to‘ldirgichlar va kimyoviy modifikatorlardan foydalanib, kompozision rel`sosti tagliklarini ishlab chiqish hisobiga rel`slarning tutashgan zonasida vibrodinamik yuklamalarni pasaytirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rel`sosti tagliklarini fizik-mexanik va ekspluatatsion hususiyatlarini yaxshilash uchun, tarkibida kremniy bo‘lgan mahalliy mineral tuldirgichlarni qushimcha sifatida qo‘llash imkoniyati asoslangan;
kompozitsion rel`sosti tagligi mustahkamligi va qattiqligini inobatga olgan xolda uning tashkil etuvchilari va texnologik omillarini ifodalovchi matematik modeli ishlab chiqiilgan;
rel`slarning tutashgan zonasida vibrodinamik kuchlarni kamaytirish uchun rel`sosti tagliklarining optimal qattiqligi aniqlangan;
standart va yangi kompozision rel`sosti tagliliklarini fizik-mexanik xususiyatlari asosida rel`slarning tutashgan zonasida hosil bo‘lgan amplituda-chastotali tebranishlar qiymatlari olingan; 
O‘zbekiston Respublikasi iqlimi sharoitini hisobga olgan holda mahalliy mineral tuldirgichlar yordamida rel`sosti tagliklari ishlab chiqilgan;I
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy mineral to‘ldirgichli rel`sosti tagliklarini ishlab chiqish va rel`s ulanmasi zonasidagi uning qattiqligi ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar natijalari asosida quyidagilar joriy qilindi:
mineral to‘ldirgichli va kimyoviy modifikatorli rezina aralashmalarining optimal tarkiblari «Toshkent Rubber Products» MChJ korxonasida. Natijalarning tatbiq etilishi import qo‘shimchalar narxini lshirmagan holda nisbatan yuqori darajali fizik-mexanik va ekspluatatsion ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan mahsulotlar olish imkonini berdi;
yaxshilangan fizik-mexanik va ekspluatatsion xossali rel`sosti tagliklari «Xovos temir yo‘l masofasi (distansiyasi) PCh-4»da rel`slarning tutashgan zonasida yotqizilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ 2021 yil 17 fevralidagi № 01/643-21 ma’lumotnomasi). Tatbiq etish natijasida bir yilda 439,11 mln. so‘mlik iqtisodiy samara olingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish