Amirsaidov Ulugbek Baburovichning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy telekommuniksiya tarmoqlari faoliyatining sathlararo modellari va samaradorligini oshirish usullari”, 05.04.01 – Telekomunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/T417.
Ilmiy maslahatchi: Usmanova Nargiza Baxtiyorbekovna, texnika fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlar doktori, professor, O‘zR FA akademigi Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich; texnika fanlari doktori, professor Tursunov Baxtiyar Muxamedjanovich; texnika fanlari doktori, dotsent Xamdamov Utkir Raxmatillaevich.
Yetakchi tashkilot: «UNICON.UZ» davlat unitar korxonasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi telekommunikatsiya tarmog‘ining funksional sathlari ko‘rsatkichlarini o‘zaro bog‘liqligini yaxshilaydigan, samaradorligini oshiradigan axborotlarni sathlararo almashish modellari va usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
telekommunikatsiya tarmoqlarining axborot uzatish samaradorligini oshirishni sathlararo munosabatlarida navbatlarga dinamik xizmat ko‘rsatish usullari va metodologiyasi ishlab chiqilgan;
simli hamda simsiz telekommunikatsiya tarmoqlarining ma’lumot uzatish zvenolarining fizik va kanal sathlari samaradorlik ko‘rsatkichlarining modellari yaratilgan;
telekommunikatsiya tarmoqlari resurslaridan foydalanish va samaradorlik ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liklik darajalarini baholashning sathlararo modellari yaratilgan;
telekommunikatsiya tarmoq sathlarining ma’lumotlar oqimini marshrutlash va tarmoq tugunlarida navbatlarga xizmat ko‘rsatishning sathlararo modeli yaratilgan;
telekommunikatsiya tarmoqlarining sathlararo samadorligini oshirishning muloqatli va sun’iy intellektli usullari yaratilgan;
trafiklari o‘z-o‘ziga o‘xshash va tarmoq resurslari virtuallashgan telekommunikatsiya tarmoqlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash modellari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlari faoliyatining sathlararo modellari va samaradorligini oshirish usullari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
simli hamda simsiz telekommunikatsiya tarmoqlarning ma’lumot uzatish zvenolarining fizik va kanal sathlari samaradorlik ko‘rsatkichlarining modellari hamda telekommunikatsiya tarmoqlarining sathlararo samadorligini oshirishning muloqatli usullari O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi korxonalarga, jumladan «SOSSOM» MChJ da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 15 yanvardagi № 33-8/319 – son ma’lumotnomasi). Natijada kanal sathining samaradorligini 23% ga oshirishga erishilgan;
telekommunikatsiya tarmoqlarining sathlararo samadorligini oshirishning muloqatli usullari hamda telekommunikatsiya tarmoqlarining axborot uzatish samaradorligini oshirishni sathlararo munosabatlarida navbatlarga dinamik xizmat ko‘rsatish usullari va metodologiyasi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi korxonalarga, jumladan «UMS» MChJ da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 15 yanvardagi № 33-8/319 – son ma’lumotnomasi). Natijada kanal sathining samaradorligini 20% ga oshirishga erishilgan;
telekommunikatsiya tarmoqlari resurslaridan foydalanish va samaradorlik ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liklik darajalarini baholashning sathlararo modellari hamda trafiklari o‘z-o‘ziga o‘xshash va tarmoq resurslari virtuallashgan telekommunikatsiya tarmoqlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash modellari O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi korxonalarga, jumladan «O‘zbektelekom» AK ning loyihalashtirish jarayonlarida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 15 yanvardagi № 33-8/319 – son ma’lumotnomasi). Natijada trafiklarga hizmat ko‘rsatish sifatini 5-7 % ga oshirishga erishilgan.