Xolturaev Farxod Safarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ko‘nni valli mashinalarda siqish jarayonini matematik modellashtirish va takomillashtirish”, 05.02.03–“Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robotatexnika tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T1010
Ilmiy rahbar: Xurramov Shavkat Raxmatullaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muxandislik–texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Qodirov To‘lqin Jumaevich texnika fanlari doktori, professor; Sharibaev Nosir Yusupjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik - texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi charm yarim mahsulotini valokli siqish mashinalarining texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ularning parametrlarini hisoblashning ilmiy asoslangan usullarini qo‘llash orqali oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xromli oshlashdan keyingi charm yarim mahsulotining va vallar elastik qoplamalarining deformatsiyaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda vallar juftliklarida kontakt egri chiziqlarining matematik modellari yaratilgan; 
normal va urinma kuchlanishlarning kontakt egri chiziqlari bo‘ylab tarqalish qonuniyatlarining tajribaviy epyuralarga mos keladigan matematik modellari yaratilgan va charmni valokli siqish mashinalarining energiyaviy va kuch parametrlarini hisoblash uchun yangi analitik ifodalar ishlab chiqilgan; 
birinchi bo‘lib xromli oshlashdan keyingi charm yarim mahsulotining fil`tratsiyaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda charmni siqish sohasida gidravlik kuchlanishlarning va siqilayotgan suyuqlik o‘zgarish qonuniyatlarining matematik modellari yaratilgan;
charm yarim mahsuloti qoldiq namligining charmni valokli siqish mashinalarining optimal parametrlarini aniqlash imkoniyatini beruvchi matematik modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Charmni valokli mashinalar bilan siqish jarayonini matematik modellashtirish va takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
charm yarim mahsulotini valokli siqish jarayonining nazariy natijalari, volokli siqishning samaradorligini aniqlashning hisoblash formulalari va charmni siqishning valokli mashinalari parametrlarini aniqlash metodikasi «O‘ZChARMSANOAT» uyushmasining  korxonalarida xususan «QARSHI LEATHER» MChJ, «ULKAN-LAZIZ» MChJ, «OSIYO CHARM FAYZ» MChJ da ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘ZChARMSANOAT» uyushmasining 2021 yil 26 iyundagi FB-7/1716-son ma’lumotnomasi). Natijada charm korxonalarida tabiiy charm ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish