Sobirov Yuldash Begjanovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quyosh nurlarini ko‘zguli mujassamlashtiruvchi tizimlarning optik geometrik xarakteristikalarini o‘lchash kompleksini yaratish”, 05.05.06 – "Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari"(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/T426.
Ilmiy maslahatchi: Abduraxmanov Abdujabbor, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA "Fizika-Quyosh" IIChB Materialshunoslik instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA "Fizika-Quyosh" Ilmiy ishlab-chikarish birlashmasi, DSc.02/27.02.2020.T/FM.110.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Sirojiddin Fayozovich, texnika fanlari doktori,pofessor; Tursunov Muxammad Nishanovich texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Koyshiev Temirxan Kosibaevich texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik - iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mujassamlashtiruvchi tizimlarning samaradorligini, ularning optik- geometrik va optik- energetik parametrlarini aniqlash kompleksini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor shakl berilgan konsentrator fatsetalarini yustirovka qilish jarayonida, ularning shakli aniqligini takomillashtirilgan kamera-obskura uslubi orqali vizual baholash va shakli buzilgan fatsetalarga konsentrator karkasidan echib olmasdan o‘z joyida aniqshakl berish uslubi yaratilgan;
ilk bor 66% gacha qisman quyosh tutilishi sharoitida geliostatlarni avtomatik boshqarish tizimining holati, fokal dog‘i tuzilishining o‘zgarishi, Katta Quyosh Pechining optik-energetik xarakteristikalarini aniqlash uslubi ishlab chiqilgan; 
quyosh datchiklari - aktinometrlar va piranometrlarni laboratoriya va dala sharoitlarida yuqori aniqlikda, tezkor kalibrovka qilish stendi yaratilgan; 
Katta Quyosh Pechi fokal maydonida lazer nurlari olish jarayonida faol lazer elementlari yuzasiga tushadigan o‘zgaruvchan yorug‘likoqimi zichligi taqsimotini uzluksiz aniqlash uslubi yaratilgan; 
ilk bor Katta Quyosh Pechi fokal maydonida materiallarni eritish, vodorod, lazer nurlari olish samaradorligini oshirish maqsadida “P” shakliga yaqinlashtirilgan shartli qo‘ng‘iroqsimon shakldagi optik dog‘ hosil qilish uchun nazariy hisoblash orqali matematik ifoda olingan; 
raqamli fotoapparatda “BMP” formatida olingan tasvirlarni raqamlar massiviga aylantirib beruvchi dasturni qo‘llash orqali texnik ko‘rish tizimi takomillashirilgan, natijada texnik ko‘rish tizimini fatsetalar yustirovkasi va ularga shakl berish jarayonlariga tadbiq qilish imkoniyati yaratilgan;
ko‘zgularni yustirovka qilish va ularning geometrik holatini tezkor baholash uchun raqamli videokamera qo‘llash va eksperimental ma’lumotlarga EHMda ishlov berish dasturini yaratish orqali geliostat fatsetalarini avtorefleksion marka yordamida yustirovka qilish uslubi takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Quyosh nurlarini ko‘zguli mujassamlashtiruvchi tizimlarning optik geometrik va optik energetik xarakteristikalarini o‘lchash kompleksini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy natijalari asosida:
geliostatlar yassi fatsetalarining yuza xatoliklarini aniqlash bo‘yicha “Yassi oynalarni yalpoqligini aniqlash uchun qurilma”ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan(2011 yil, № IAP 04464). Ishlab chiqilgan qurilma Katta Quyosh Pechidagi 62 ta geliostatlar fatsetalarining yuza xatoliklari 3÷6 burchak minut oralig‘ida taqsimlanganligini aniqlashga imkon bergan;
quyoshdan kelayotgan diffuz nurlar oqimi zichligini o‘lchash uchun ishlatiladigan piranometrlarni tekshirish stendi bo‘yicha“O‘zstandart” agentligi tomonidan (2018 yil 16 yanvarda, QU 16.27:2018 -raqam bilan tasdiqlangan) “Piranometrlar kallagi. Tekshirish uslubi”ishlab chiqilgan. Natijada Materialshunoslik institutida ishlatiladigan piranometrlarni yuqori aniqlikda kalibrovka qilishga erishilgan;
gorizontal er yuzasiga quyoshdan to‘g‘ri tushadigan nur oqimi zichligini o‘lchaydigan aktinometrlarni tekshirish stendi bo‘yicha“O‘zstandart” agentligi tomonidan(2018 yil 16 yanvarda, QU 16.28:2018 - raqam bilan tasdiqlangan) “3-razryadli termoelektrik aktinometrlar. Tekshirish uslubi”ishlab chiqilgan. Natijada Materialshunoslik institutida ishlatiladigan aktinometrlarniyuqori aniqlikda kalibrovka qilishga erishilgan;
dissertatsiya ishining quyidagi uslublari: Katta Quyosh Pechi fokal tekisligida lazer aktiv elementlarini bir tekis qo‘zg‘atish uchun nur oqimi zichligi taqsimotini hisoblash uslubi, konsentrator fatsetalarini “kamera-obskura” yordamida yustirovka qilishning tezkor uslubi, geliostatlar fatsetalarini avtorefleksion marka yordamida tezkor yustirovka qilish uslublari Materialshunoslik institutining Katta Quyosh Pechiga tadbiq qilingan. (O‘zbekistonRespublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 23-dekabrdagi, №2/1255-2930 ma’lumotnomasi). Natijada konsentrator fatsetalarini yustirovka qilish jarayoniga sarf qilinadigan vaqtni uch martaga, geliostatlar fatsetalarini yustirovka qilish jarayoniga sarf qilinadigan vaqtni esa ikki martaga qisqartirishga erishilgan;
dissertatsiya ishi natijalari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida 5312400 -Muqobil energiya manbalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 5A312401-Muqobil energiya manbalari magistratura mutaxasisligi uchun mo‘ljallangan “Quyosh energetikasi” fani bo‘yicha amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borishda foydalanilgan. (Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2020 yil 20fevral`dagi 89-03-725- son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ushbu mutaxasisliklar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishda ijobiy natijalarga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish