Erkinov Shoxrux Shavkatbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chuqurlashtirilgan ixtisoslashuv bosqichidagi futbolchilarning tayyorgarligi jarayonida innovatsion metodlarning qo‘llanilishi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped521.
Ilmiy rahbar: Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xodjaev Paxriddin, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chuqurlashtirgan ixtisoslashuv bosqichidagi futbolchilar tayyorgarligida innovatsion metodlaridan foydalanib tezkorlikni rivojlanirishning yosh davrlari, tezkor axborot olish va maksimal shiddat zonaga tayyorlash imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chuqurlashtirilgan ixtisoslik bosqichidagi futbolchilarni tana komponenti tarkibini aniqlashga qaratilgan bioimpedans metodi yordamida maxsus tayyorgarligini yaxshilash uchun ishlab chiqilgan nazorat mashqlarini me’yoriy talablarga moslashtirish hisobiga tayyorgarlikning model ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
chuqurlashtirilgan ixtisoslik bosqichida futbolchilarning integral holatini yuqori shiddat zonasiga tayyorlash uchun 8*8 kombinatsion o‘yinini yuqori tempda qo‘llash hisobiga mashg‘ulotning maksimal shiddat zonasini musobaqa jarayoniga moslashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
chuqurlashtirilgan ixtisoslik bosqichidagi futbolchilarning innovatsion metodlar Pirson-Brave, Kendal va Spirman SPSS paketi yordamida jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari bilan tana tarkibiy komponentlarining muvofiqlashtirish hisobiga jismoniy va morfofunksional tayyorgarlik darajasi bo‘yicha mashg‘ulot va musobaqa sharoitida tezkor axborot olish imkoniyati yaratilgan;
14-17 yoshdagi futbolchilarni maxsus nazorat mashqlari orqali “Microgate Racetime 2” texnologiyasi yordamida tezkorlik va tezkor chidamkorlik sifatlarini proporsional rivojlantirish hisobiga tezkorlikni eng qulay yosh davrlarini aniqlash uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chuqurlashtirilgan ixtisoslashuv bosqichidagi futbolchilarning tayyorgarligi jarayonida innovatsion metodlarning qullanilishiga qaratilgan tajriba tadqiqotlari asosida:
chuqurlashtirilgan ixtisoslik bosqichidagi futbolchilarni tana komponenti tarkibini aniqlashga qaratilgan bioimpedans metodi yordamida maxsus tayyorgarligini yaxshilash uchun ishlab chiqilgan nazorat mashqlarini me’yoriy talablarga moslashtirish hisobiga tayyorgarlikning model ko‘rsatkichlari bo‘yicha olingan xulosalar vazirlik tasarrufida ta’lim jarayonida foydalanilgan hamda bioimpedansometriya tahlili metodlari o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga tuzatishlar kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 3 sentyabrdagi 02-07-08-2359-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur metod futbolchilarda tananing kompozision tarkibini organizmda umumiy yog‘ning massasi 2,9 %, organizmdagi suvning umumiy 66,8 %, mushak massasi 55,8 kg, tana tuzilishi tipi 7,5-8 shkalada, moddalar almashinuvi tezligi 1760 kkal, suyak massasi zichligi indeksi 2.9-3, 1 % visseral` yog‘ baholashga imkon yaratgan;
“Polar Team System 2” yurak ritmi monitori kompleks tizimidan foydalangan holda yosh futbolchilarning aerob shiddat va maksimal shiddat zonasida mashg‘ulotlar bajarish bo‘yicha olingan xulosalar “Promotion social rehabilitation PWD through the sport” grant loyihasi doirasida chuqurlashtirilgan ixtisoslik bosqichidagi futbolchilarning integral holatini yuqori shiddat zonasiga tayyorlashga joriy etilgan (Yaponiya xalqaro aloqalar agentligi (JICA) fondi tomonidan moliyalashtirilgan 12-21005/1 raqami bilan qayd etilgan, 2019-2020). Natijada mashg‘ulotlarni yuqori tezlik bilan bajarilishi mumkin bo‘lgan maksimal aerob shiddat zonasi va uni rivojlantiruvchi vositasi aniqlangan;
bioimpedans tahlil metodi tananing kompozision tarkibi parametrlarini qayd etish maqsadida ROZK “Amaliy mashg‘ulot” darslari jarayoniga joriy qilingan (Respublika olimpiya zaxiralari kollejining 2020 yil 22 avgustdagi 01-04-511-3-son ma’lumotnomasi). Natijada suyak massasi zichligi indeksining tana vazni bilan r=0,840**, mushak massasi r=0,964** va metabolizm tezligi bilan r=0,964**; metabolizm tezligining tana vazni r=0,905** va mushak massasi bilan r=1,000** orasida yuqori bog‘liqlik aniqlangan;
chuqurlashtirilgan ixtisoslashuv bosqichidagi futbolchilarning tayyorgarlik jarayonida tezkorlik va tezkor chidamkorlik sifatlarini proporsional rivojlanishi bo‘yicha olingan natijalar xorijiy jurnallarda (Indian Journal of Forensic Medicine & Toxicology (2020) p.7218-7223; Human. Sport. Medicine (2021) p.38–44; Indian Journal of Forensic Medicine & Toxicology (2020) p.7426-7432) “Microgate Racetime 2” texnologiyasi va maxsus nazorat mashqlarini qo‘llash natijasida tezkorlikni eng qulay yosh davrlarini aniqlash uslubi ishlab chiqilgan. Natijada chuqurlashtirilgan ixtisoslashuv bosqichida futbolchilarning tezkorlik sifatlarini rivojlanishini aniqlash imkoniyatini bergan.