Bekmatova Shaxlo Kadamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hayotning turli davrlarida metabolik sindromning tuzlishi va klinik ahamiyati” 14.00.05 - Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib622.
Ilmiy rahbar: Kayumov Ulugbek Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD 04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Ozimbay Otaxanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hayotning turli yosh davrlarida metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli yosh bemorlarda metabolik sindromning tuzilishi va asosiy xususiyatlari glikemik egrilikning turli bosqichlarning buzilishi bilan bog‘likligi isbotlangan;
turli yosh davrlarida metabolik sindromning tuzilishini tahlil qilish giperglikemiyaning turli shakllarida metabolik sindrom komponentlarining holatiga yoshning ta’siri, metabolik sindromning asosiy tarkibiy qismlarining (yuqori normal qon bosim va glyukozaga tolerantlikni buzilishi) roli aniqlangan;
turli yosh davrlarida glikemik egrililikni simpatoadrenal va vagoinsulyar bosqichlarining faolligi, metabolik sindromda yurak ishemik kasalligi va arterial gipertenziyaning klinik kechishiga yoshning ta’siri isbotlangan;
ilk bor turli yoshdagi metabolik sindromga chalingan bemorlar orasida tibbiy tavsiyalarning kasallikning dastlabki davrda bajarilishi va bemorlarning o‘z sog‘lig‘iga bo‘lgan munosabati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hayotning turli davrlarida metobolik sindromning tuzilishi va klinik ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
turli yoshdagi metabolik sindrom bilan xastalangan bemorlarda arterial gipertenziyaning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasini tizimini ishlab chiqish natijasida «Metobolik sindromida arterial gipertenziyaning profilaktikasi algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-d/152-son ma’lumotnomasi). Natijada metabolik sindrom bilan xastlangan bemorlarda arterial gipertenziyaning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasini amalga oshirish borasida terapevtik va profilaktik choralarini o‘z vaqtida amalga oshirish orqali bemorlarning hayot sifatinini yaxshilash imkonini bergan;
hayotning turli davrlarida metobolik sindromning tuzilishi va klinik ahamiyatini baholash bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali, Ichki ishlar boshqarmasi Xorazm viloyati, Xorazm viloyati shahar tibbiyot birlashmasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 martdagi 8n-z/54-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar metobolik sindromning boshlang‘ich turlarini erta tashxislash va bu sindromdan kelib chiquvchi asoratlar riojlanishining oldini olish, populyasiyaning yoshi oshishi bilan glikemik egrilikning simpatoadrenal fazaning buzilishlari uchrash darajasining kamayishi va vagoinsulyar fazaning buzilishini oldini olish, simpatoadrenal fazasi patologiyasi zarb indeksi va sistolik arterial qon bosimining oshishini ko‘rsatishi, YuIKning atipik va og‘riqsiz shakllari, shuningdek, periferik qon tomirlarining karshiligi ko‘proq oshishi, vagoinsulyar fazaning buzilishlarida kuzatilishini baholash imkonini bergan.