Mamatov Dilshod Kodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chizmachilik fanini o‘qitishda o‘quvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari (kompyuter grafikasi vositasida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chizmachilik) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped1370.
Ilmiy rahbar: Ma’murov Bahodir Baxshulloevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziev Erkin Iskandarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kamolov Iftixor Baxtiyorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablari chizmachilik fanini kompyuter grafikasi vositasida o‘qitish orqali o‘quvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim chizmachilik fanini o‘qitishda ko‘rgazmalilik, tizimlilik va axborotlilik kabi didaktik tamoyillar orqali o‘quvchilarda fazoviy tasavvurning tashkiliy-funksional komponentlarini vizuallik, obrazlilik va kreativlik kabi kompyuter grafikasi asosida takomillashtirilgan;
8-9-sinf o‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini xarakterlovchi geometrik obrazlar ta’rifi va tasnifi asosida “Singvaysh”, “Tarmoqlar”, “3D kompozisiya” kabi interfaol ta’lim metodlari ishlab chiqilgan hamda o‘quvchilarda fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish metodikasi asoslangan;
kompyuter grafikasi vositasida fazoviy tasavvurni rivojlantirishning grafik topshiriqlar tizimi, internet platformasi va animatsion modellar majmuasini ishlab chiqish asosida chizmachilik fanining o‘quv-metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
chizmalarni tanlash va yangi ob’ektlarni xayoliy tasvirlash tamoyillari asosida kompyuter grafikasidan foydalanib o‘quvchilarda fazoviy tasavvurlarini yuqori, o‘rta va past darajalarda baholashning reproduktiv, konstruktiv va ijodiy kabi mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida chizmachilik fanini o‘qitishda o‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini kompyuter grafikasi vositasida rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-metodik va amaliy takliflar asosida:
geometrik obrazlar ta’rifi va tasnifi asosida fazoviy geometrik obrazlarning xususiyatlarini uzviylashtirishga qaratilgan “Singvaysh”, “Tarmoqlar” va “3D kompozisiya” kabi interfaol ta’lim metodlari qo‘llash “Muhandislik kompyuter grafikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 dekabrdagi 648-son buyrug‘i, 648-020 raqamli guvoxnoma). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida chizmachilik fanini o‘qitishda o‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini kompyuter grafikasi vositasida rivojlantirishga ko‘maklashadigan pedagogik usullar va texnologiyalar takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning dars va darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil ishlashiga mo‘ljallangan axborot – ta’limni loyihalash va modellashtirish imkoniyatlarini aks ettiruvchi grafik topshiriqlar tizimi, internet platformasi va animatsion modellar majmuasi hamda chizmachilik fanini o‘qitishda o‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini kompyuter grafikasi vositasida rivojlantirishga doir tavsiyalar “Injenernaya kompyuternaya grafika”, “Kompyuter grafikasi”, “Chizmachilik” o‘quv qo‘llanmalari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i, 359-346 raqamli guvohnoma) Natijada, zamonaviy talablar asosida metodik adabiyotlar tayyorlash bo‘yicha darsliklar bazasi yana bir ilmiy-amaliy yordamchi manba bilan boyitilgan.