Mamatkulov Murodjon Shukurovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi korxonalarida boshqaruv hisobi metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08–“Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Iqt313.
Ilmiy malahatchi: Karimov Ne’matulla Fatxullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Maxsudov Begmatjon Yuldashalievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Tashnazarov Samiddin Nizamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Aliqulov Abdumo‘min Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi korxonalarida boshqaruv hisobi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlarida analitik hisobning ishchi schyotlar rejasini 5 xonali tartibda hisobga olish taklif etilgan;
boshqaruv hisobida uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlarida javobgarlik markazlarini daromad, xarajat, foyda va investisiya markazlariga ajratish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
yagona hisob-kitob markazi boshqaruv hisobida yagona to‘lov kvitansiyasi, xarajat va tushumlarning namunaviy smetasini qo‘llash orqali hisob siyosati takomillashtirilgan;
kommunal xizmat ko‘rsatuvchi va boshqaruvchi tashkilotlar unumsiz xarajatlarini kamaytirishda logistik xarajatlar boshqaruv hisobini yuritish taklif etilgan;
boshqaruv hisobida uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini “qoniqarli”, “qoniqarsiz” va “qayta tashkil etish” toifalariga ajratish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi korxonalarida boshqaruv hisobi metodologiyasini takomillashtirish bshhyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlarning xarajatlari va daromadlari boshqaruv hisobini yuritishda qo‘llaniladigan namunaviy ishchi schyotlar rejasini qo‘llash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining “O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni normalarini Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment ishlari o‘tkazilishini tashkil etish va ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021 yil 18-iyundagi 03/01-2737-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlarda hisob-kitoblarni tizimlashtirish, o‘tkazilgan muomalalarni schyotlarda to‘g‘ri aks ettirish, ularning xarajatlari va daromadlarini hisobga olish takomillashishiga xizmat qilgan;
ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlar boshqaruv hisobida javobgarlik markazlarini takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining “O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni normalarini Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment ishlari o‘tkazilishini tashkil etish va ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021 yil 18-iyundagi 03/01-2737-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlar boshqaruv hisobida ixtisoslashtirilgan javobgarlik markazlarini tuzish va zaruriy shtat birliklarini ochish, ishchi va xodimlarga hisob ob’ektlaridan kelib chiqqan holda vazifalar va funksiyalarni turli javobgarlik markazlariga taqsimlash hamda ularning zimmasiga yuklashga xizmat qilgan;
yagona hisob-kitob markazi boshqaruv hisobida qo‘llaniladigan ishchi xujjatlar tarkibi, hisob siyosatini yuritish tartibi, uy-joy mulkdorlari shirkatlari tushumlari va xarajatlarining namunaviy smetasi va uni tuzish tartibi yuzasidan berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7-fevraldagi “Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 64-sonli Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining “O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni normalarini Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment ishlari o‘tkazilishini tashkil etish va ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021 yil 18-iyundagi 03/01-2737-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida yagona hisob-kitob markazlari boshqaruv hisobida ichki ishchi xujjatlar aylanishi, yagona to‘lov kvitansiyasini joriy etish orqali to‘lovlar amalga oshirilishi tizimlashtirilishiga va hisob-kitob ishlarini amalga oshirish va tushumlar yagona tizimga kelib tushishiga hamda to‘lovlar tushumi shaffofligi ta’minlanishiga, ishlab chiqilgan nizom va lavozim yo‘riqnomalari amaliyotga joriy etilishi yagona hisob-kitob markazlari xodimlariga vazifalarni taqsimlash va zimmasiga yuklashga, uy-joy mulkdorlari shirkatlarida tushumlar va xarajatlar smetasini tuzish va ularni hisobga olish jarayonlarini tashkil etilishiga xizmat qilgan;
kommunal xizmat ko‘rsatuvchi va boshqaruvchi tashkilotlarda logistik xarajatlar boshqaruv hisobini takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining “O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni normalarini Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment ishlari o‘tkazilishini tashkil etish  va ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021 yil 18-iyundagi 03/01-2737-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida kommunal xizmat ko‘rsatuvchi va boshqaruvchi tashkilotlar boshqaruv hisobida logistika xarajatlari to‘g‘ri tasniflash, ularni samarali boshqarish, logistik xarajatlar boshqaruv hisobini tashkil etish, ta’minot va kommunal xizmat ko‘rsatishda unumsiz xarajatlarni amalga oshirmaslikka xizmat qilgan;
ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda normalarni aprobatsiya qilish yuzasidan o‘tkazilgan huquqiy eksperiment bo‘yicha uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlar boshqaruv hisobida ularning boshqaruv holati va faoliyatini baholash yuzasidan ishlab chiqilgan uslubi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7-fevraldagi “Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 64-sonli Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining “O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni normalarini Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment ishlari o‘tkazilishini tashkil etish va ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021 yil 18-iyundagi 03/01-2737-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlarning umumiy boshqaruv holati aniqlangan va ularni faoliyatiga baho berilib, qayta tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga xizmat qilgan.
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                