Kuchkarov Nurbek Yuldashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Introduksiya sharoitida Inula helenium L. va Inula salicina L. turlarining bioekologiyasi», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/V343.
Ilmiy rahbar: Raximova To‘raxon Uzaqovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/27.02.2020.V.01.15.
Rasmiy opponentlar: Safarov Karimdjon Safarovich, biologiya fanlari doktori, professor; Maxmudov Azizbek Valijonovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: introduksiya sharoitida Inula helenium va Inula salicina larning bioekologik xususiyatlarini aniqlash va amaliyotda ko‘paytirishga tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston milliy universiteti Botanika bog‘i sharoitida I. helenium va I. salicina larning biomorfologik, bioekologik, fiziologik (suv rejimi) ko‘rsatkichlari ilmiy asoslangan va anatomik diagnostik belgilari aniqlanib, strukturaviy xususiyatlari ochib berilgan;
introduksiya sharoitida I. helenium va I. salicina larning potensial va haqiqiy urug‘ mahsuldorligi aniqlangan;
o‘simliklarning ushbu muhitga moslashish xususiyatlari suv rejimini ayrim ko‘rsatkichlarining tahlillari asosida aniqlangan va barg anatomik tuzilishining diagnostik belgilari asosida tasdiqlangan;
turlar vegetativ organlari anatomik tuzilishining tahlili asosida biologik faol moddalar barg mezofili sut yo‘llarida, ildizida esa ko‘p sonli sxizogen va lizigen ajratma kanallarida va ikkilamchi pustloq parenximasida mavjudligi bo‘yicha diagnostik belgilari ajratilgan;
introduksiya sharoitida o‘simliklarning er ostki va er ustki biomassasi aniqlangan;
turlarni biomorfologik xususiyatlari asosida generativ va vegetativ yo‘l bilan amaliyotda ko‘paytirishga tavsiyalar berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Inula turkumiga mansub istiqbolli shifobaxsh o‘simliklarning bioekologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
I. helenium va I. salicina larni introduksiya sharoitida etishtirish bo‘yicha tavsiyalar Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tajriba maydonlarida ekish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 02-02/8-2189-son ma’lumotnomasi). Natijada, baland bo‘yli andiz va tolbarg andizdan sifatli ildiz va ildizpoya xom-ashyosini olish imkonini bergan;
I. helenium va I. salicina larni etishtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani o‘rmon xo‘jaligi tasarrufidagi maydonlarga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2020 yil 18-sentyabr № 02/21-2514 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rmon xo‘jaligi erlarida I. helenium va I. salicina larning onalik plantatsiyalarini tashkil etish va turlar populyasiyalarini muhofaza qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish