Raupova Dilfuza Nurullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Neft` emul`siyasini suvsizlantirish va tuzsizlantirishda ishlatiladigan kompozision kimyoviy reagent «deemul`gator»ning samarali tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2223.
Ilmiy rahbar: Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Roziqov Komil Xolikovich, kimyo fanlari doktori, professor; Muxtorov Nuriddin Shamsiddinovich,texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft` emul`siyasini suvsizlantirish va tuzsizlantirishda ishlatiladigan kompozision kimyoviy reagent «deemul`gator»ning samarali tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompozisiya ingredientlarning tabiati, tuzilishi, tarkibi, miqdori, nisbati va ular orasida yuzaga keladigan fizik-kimyoviy jarayonlarning xususiyatlari aniqlangan;
organomineral ingredient alkil karbamidning natriy laurilsul`fat bilan o‘zaro ta’siri natijasida deemul`satsiya belgilariga ega bo‘lgan «MK-DEM-4» kompozision kimyoviy deemul`gatori yaratilgan;
yaratilgan kompozision kimyoviy deemul`gatorlarning fizik-kimyoviy va texnologik xossalarini talab darajasida shakllantirishda komponentlarning muqobil tarkibi ishlab chiqilgan;
import o‘rnini bosuvchi yangi kompozision kimyoviy deemul`gatorlar xususiyatlari o‘zgarishiga ta’sir etuvchi asosiy texnologik omillar aniqlangan;
neftni qayta ishlash korxonalarida neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish uchun kompozision kimyoviy deemul`gatorlarni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirishda ishlab chiqarilgan kompozision kimyoviy deemul`gatorlarni yuqori deemul`girlovchi faollikka egaligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Neft` emul`siyasini suvsizlantirish va tuzsizlantirishda ishlatiladigan kompozision kimyoviy reagent «deemul`gator»ning samarali tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xom neftemul`siyasini suvsizlantirish va tuzsizlantirish uchun ishlab chiqilgan «MK-DEM-4» tipidagi kompozision kimyoviy deemul`gator «Buxoro NQIZ» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 16 iyundagi 03-17-5/98-son ma’lumotnomasi). Natijada, «MK-DEM-4» kompozision kimyoviy deemul`gatori bilan ELOU-2 qurilmasida xom neftemul`siyasiga ishlov berilganda neft` emul`siyasining suvsizlanishidagi qoldiq suvning miqdorini 0,04% gacha kamaytirish imkonini bergan;
tabiiy neftemul`siyasini suvsizlantirish va tuzsizlantirish uchun ishlab chiqilgan kompozision kimyoviy deemul`gator «Buxoro NQIZ» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 16 iyundagi 03-17-5/98-son ma’lumotnomasi). Natijada, ELOU-2 qurilmasida «MK-DEM-4» kompozision kimyoviy deemul`gatori «0» guruhi (50 mg/dm3 gacha), «1» guruhi (100 mg/dm3 gacha), «2» guruhi (300 mg/dm3 gacha), neftlaridagi tuz miqdorini GOST 9965, O‘zDSt 3032: 2015 talabigacha kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish