Yuldashov Sodiq Oqbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari institutining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari», 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Yu76.
Ilmiy rahbar: Malikova Gulchehra Rixsixodjaevna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Turg‘unov Oybek Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor; Bekov Ixtiyor Rustamovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari institutining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat organining, tashkilotning rahbari yoki boshqa mansabdor shaxs tomonidan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, ularda maxsus tarkibiy bo‘linmalar tashkil etish, qabul uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar belgilash, sayyor shaxsiy qabullar, shuningdek ommaviy qabullar tashkil etish, qabul qilish jadvali va uni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish to‘g‘risidagi axborot, qabul qilish tartibini ularni davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilish, shaxsiy qabul davomida davlat organi, tashkilot rahbarining qaroriga ko‘ra va murojaat etuvchiga bu haqda xabar bergan holda maxsus texnika vositalari (audio- va videoyozuv, shuningdek fotosuratga olish) qo‘llanilishi mumkinligi kabi tartiblarni belgilash asoslab berilgan;
davlat organlari, tashkilotlar va ular mansabdor shaxslari o‘z virtual qabulxonalarini tashkil etishi hamda virtual qabulxonalar qaysi davlat organi, tashkilot yoki ularning qaysi mansabdor shaxslari tomonidan tuzilgan bo‘lsa, o‘sha davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari nomidan faoliyat ko‘rsatishini tashkil etishni mustahkamlash asoslantirilgan;
murojaatlarni ko‘rib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatni ko‘rib chiqishning borishi to‘g‘risida axborot olish; vajlarni shaxsan bayon etish va tushuntirishlar berish; murojaatni tekshirish materiallari va uni ko‘rib chiqish natijalari bilan tanishish; qo‘shimcha materiallar taqdim etish yoki bunday materiallarni boshqa organlardan talab qilib olish to‘g‘risida iltimos qilish; advokat yordamidan foydalanish; murojaatni ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risida yoxud murojaatga javobni tushuntirish va (yoki) uni tuzatish to‘g‘risida iltimos qilish; o‘z murojaatini u ko‘rib chiqilguniga qadar va ko‘rib chiqilayotgan paytda murojaat bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron shaklda ariza berish yo‘li bilan chaqirib olish; murojaatni qabul qilishni yoki ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etganlik ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki bevosita sudga shikoyat qilish kabi huquqlarini belgilash asoslab berilgan;
bojxona organlarida mansabdor shaxslar yoki bunga vakolat berilgan mas’ul shaxslarga ommaviy qabullar vaqtida kelib tushgan og‘zaki murojaatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmasligi hamda murojaat qiluvchilarning shaxsi, yashash joyi, murojaatning qisqacha mazmuni va uni ko‘rib chiqish natijasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy qabul bayonnomasida ko‘rsatish tartibini belgilash asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari institutining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrdagi O‘RQ-445-son «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi (yangi tahriri) Qonunining 9-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2019 yil 3 apreldagi 05/01-02-207-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarining davlat organlari, tashkilotlar, ular mansabdor shaxslariga murojaat qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilgan;
davlat organlarining, tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining virtual qabulxonalarini tashkil etishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrdagi O‘RQ-445-son «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi (yangi tahriri) Qonunining 14-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2019 yil 3 apreldagi 05/01-02-207-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari, tashkilotlar, ular mansabdor shaxslari bilan virtual qabulxonalari orqali bevosita munosabatlar o‘rnatishga xizmat qilgan;
murojaatlarni ko‘rib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini belgilashga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrdagi O‘RQ-445-son «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi (yangi tahriri) Qonunining 32-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2019 yil 3 apreldagi 05/01-02-207-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasidagi huquqlarini qonun hujjatlarida mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
bojxona organlarida o‘tkaziladigan ommaviy qabullarda berilgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qayd etish tartibi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018 yil 22 maydagi «Davlat bojxona xizmati organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomini tasdiqlash haqida»gi 342-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Davlat bojxona xizmati organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ning 36-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019 yil 8 apreldagi 05/21-02955-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar bojxona organlarida mansabdor yoki vakolat berilgan mas’ul shaxslar tomonidan ommaviy qabullar vaqtida jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan og‘zaki murojaatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilashda xizmat qilgan.