Nurumov Dilshodbek Djumabaevichning
doktorlik dissertatsiya (PhD) himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Advokat tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga yuridik yordam ko‘rsatishning tashkiliy-huquqiy masalalari», 12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura (yuridik fanlar).   
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu435.  
Ilmiy rahbar: Tulaganova Gulchexra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03. 
Rasmiy opponentlar: Otajonov Abrorjon Anvarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xayriev Nodirjon Isroilovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi advokat tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga yuridik yordam ko‘rsatishning tashkiliy-huquqiy masalalarini kompleks tahlil qilish, sohaga oid nazariyani rivojlantirish va amaliyotni takomillashtirishga qaratilgan taklif, tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.    
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik sub’ektlarini taftish qilish yuridik xizmat vakillari va (yoki) jalb etilgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (tadbirkorlik sub’ekti mazkur huquqdan voz kechgan hollar bundan mustasno) o‘tkazilishi lozimligi asoslangan; 
yuridik xizmat vakillarining va (yoki) jalb etilgan advokatlarning taftishning istalgan bosqichida ishtirok etishga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlar haqida tekshirilayotgan sub’ektning mansabdor shaxsini yoki vakilini xabardor qilish shartligi isbotlangan; 
tekshiruv boshlanishidan oldin tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan tadbirkorlik sub’ektining vakolatli vakiliga uning tekshiruvda yuridik xizmat vakillarini va (yoki) advokatni jalb etish va ishtirokini rad etish huquqi yozma shaklda, bayonnoma asosida tushuntirilishi shartligi asoslangan; 
tadbirkorlik sub’ektining vakolatli vakili tomonidan tekshiruvda ishtirok etish uchun yuridik xizmat vakillarini va (yoki) advokatni jalb etish va ularning ishtirokini rad etganlik tadbirkorlik sub’ekti tomonidan advokatni tekshiruvning keyingi bosqichlarida jalb etish uchun monelik qilmasligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Advokat tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga yuridik yordam ko‘rsatishning tashkiliy-huquqiy masalalariga bag‘ishlangan tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
tadbirkorlik sub’ektlarini taftish qilish yuridik xizmat vakillari va (yoki) jalb etilgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (tadbirkorlik sub’ekti mazkur huquqdan voz kechgan hollar bundan mustasno) o‘tkazilishiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 1874-moddasi birinchi qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 12 yanvardagi 06/1–05/3699–son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha taftish o‘tkazish jarayonida advokatlar tomonidan ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalanishiga xizmat qilgan;
yuridik xizmat vakillarining va (yoki) jalb etilgan advokatlarning taftishning istalgan bosqichida ishtirok etishga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlar haqida tekshirilayotgan sub’ektning mansabdor shaxsini yoki vakilini xabardor qilishi shartligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 18711-moddasi 3-qismi 5-bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 12 yanvardagi 06/1–05/3699–son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi tadbirkorlik sub’ektlari, ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha taftish qilinayotganida advokat yordamidan foydalanish huquqining ta’minlanishiga xizmat qilgan;
tekshiruv boshlanishidan oldin tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan tadbirkorlik sub’ektining vakolatli vakiliga uning tekshiruvda ishtirok etish uchun yuridik xizmat vakillarini va (yoki) advokatni jalb etish yoki ularning ishtirokini rad etish huquqi yozma shaklda tushuntirilib, bu haqda bayonnoma tuzilishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida Qonunining 39-moddasi o‘n uchinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 12 yanvardagi 06/1–05/3699–son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishdan avval mansabdor shaxsga advokatni jalb etish yoki uning ishtirokini rad etish yuzasidan tushuntirish berish majburiyatining yuklanishiga xizmat qilgan;
tadbirkorlik sub’ektining vakolatli vakili tomonidan tekshiruvda ishtirok etish uchun yuridik xizmat vakillarini va (yoki) advokatni jalb etishni va ularning ishtirokini rad etganlik tadbirkorlik sub’ekti tomonidan advokatni tekshiruvning keyingi bosqichlarida jalb etish uchun monelik qilmasligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida Qonunining 39-moddasi o‘n uchinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 12 yanvardagi 06/1–05/3699–son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi tadbirkorlik sub’ektining tekshiruvning har qanday bosqichida advokatni jalb etish huquqi ta’minlanishiga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish