Boymurotov Sodiq Rozziqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy byudjetlar daromadlarini barqarorlashtirishda er va mol-mulk soliqlaridan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1210.
Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; O‘rmonov Jahongir Jaloldinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy byudjetlar daromadlarini barqarorlashtirishda er va mol-mulk soliqlaridan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan erlarga er solig‘ining bazaviy stavkalarining mutloq summasini joriy etish asosida aniqlashtiruvchi soliq stavkalarini belgilash orqali mahalliy vakillik organlarining vakolatlarini kengaytirish asoslangan;
qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan erlar uchun erlarning normativ qiymatidan soliq hisoblash taklif etilgan;
mulklarni bozor bahosiga asoslangan kadastr qiymatidan hisoblash tartibini qo‘llash orqali er va mol-mulk soliqlarini unifikatsiyalash asosida bosqichma-bosqich ko‘chmas mulk solig‘ini joriy etish taklif qilingan;
soliq to‘lovchilar hamda soliq ob’ektlari sonini kengaytirish orqali mahalliy byudjetlar daromadlarini barqarorlashtirish asoslangan;
turistik-rekreatsion xususiyatga ega hududlar uchun maxsus soliq rejimini belgilash orqali ko‘chmas mulk ob’ektlari va ularning ijara tushumlari hisobini yuritish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy byudjetlar daromadlarini barqarorlashtirishda er va mol-mulk soliqlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan erlar uchun er solig‘ining bazaviy stavkalarini mutloq summasini joriy etish asosida aniqlashtiruvchi soliq stavkalarini belgilash orqali mahalliy vakillik organlarining vakolatlarini kengaytirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 30 dekabrdagi “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-659-son Qonuni bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi PF-6121-son farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 10 fevraldagi 06/04-01-03-32/296-son dalolatnomasi va Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 28 oktyabrdagi 17/2-32953-son ma’lumotnomasi). Natijada, er solig‘ining bazaviy stavkalari mutloq summalarda yuridik shaxslar uchun 1 gektar` va jismoniy shaxslar uchun 1 kv.metr er hajmida Soliq kodeksida belgilangan hamda hududlarning iqtisodiy mavqei va soliq to‘lovchining moliyaviy salohiyatidan kelib chiqib, mahalliy vakillik organlariga soliqning aniq stavkalarini o‘rnatish huquqi taqdim etilgan;
qishloq xo‘jaligi maqsadida foydalaniladigan erlar uchun normativ qiymatdan soliq hisoblash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 30 dekabrdagi “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-659-son Qonuni bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi PF-6121-son farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 10 fevraldagi 06/04-01-03-32/296-son dalolatnomasi va Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 28 oktyabrdagi 17/2-32953-son ma’lumotnomasi). Natijada, barcha qishloq xo‘jalik korxonalarining bir xil tartibda erning normativ qiymatidan soliq to‘lashga o‘tkazilishi va normativ qiymatni konturlar bo‘yicha aniqlash usulini qo‘llash soliq ma’murchiligini soddalashishiga va soliq yukining teng taqsimlanishiga sabab bo‘lgan;
mulklarni bozor bahosiga asoslangan kadastr qiymatidan hisoblash tartibini qo‘llash orqali er va mol-mulk soliqlarini unifikatsiyalash asosida bosqichma-bosqich ko‘chmas mulk solig‘ini joriy etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 10 fevraldagi 06/04-01-03-32/296-son dalolatnomasi). Natijada, soliq to‘lovchilarda mulklardan samarali va maqsadli foydalanishga immunitet shakllanib, ulardagi boqimandalik xususiyatlari bartaraf etiladi, soliq ma’murchiligi soddalashadi va mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligi ta’minlangan;
soliq to‘lovchilar hamda soliq ob’ektlari sonini kengaytirish orqali mahalliy byudjetlar daromadlarini barqarorlashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 sentyabrdagi “Er hisobi va davlat kadastlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6061-son Farmonida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2021 yil 8 fevraldagi 02-10-678-son dalolatnomasi). Natijada, mamlakatimizda er maydonlari va ko‘chmas mulk egalarining qat’iy ro‘yxati tuzilib, ularning yagona davlat reestri shakllantirilgan. Davlat er kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri hisobining onlayn geoportalida yuritilishi va uning milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilinishi, soliq solish jarayonlarini avtomatlashtirgan tizimini yaratilishini, soliqqa tortish ob’ektlarining kengayishini va soliq tushumlarining oshirilishini ta’minlangan;
turistik-rekreatsion xususiyatga ega hududlar uchun maxsus soliq rejimini belgilash orqali ko‘chmas mulk ob’ektlari va ularning ijara tushumlari hisobini yuritish bo‘yicha taklifi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi 107-son qarorida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 28 oktyabrdagi 17/2-32953-son ma’lumotnomasi, Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining 2021 yil 17 yanvardagi 18/2-02413-son dalolatnomasi). Natijada, Bo‘stonliq tumanida alohida soliq rejimi va ko‘chmas mulklarni yagona elektron platformada hisobga olish tizimi joriy etilgan, hamda 2020 yilda ko‘chmas mulklarni ijaraga beruvchi yuridik shaxslar soni 124 foizga, yakka tartibdagi tadbikorlik sub’ektlari soni 250 foizga va jismoniy shaxslar soni 292 foizga o‘sgan hamda ulardan 12,4 mlrd.so‘m qo‘shimcha soliq undirilgan, 1157 nafar fuqarolarning ko‘chmas mulk ob’ektlari elektron platformada ro‘yxatga olinib ularga qo‘shimcha 1,9 mlrd.so‘m soliq hisoblangan.