Nuriddinov Javlon Zafarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «O‘rama ko‘rinishidagi integro-differensial issiqlik o‘tkazuvchanlik tenglamasi uchun teskari masalalar», 01.01.02- «differensial tenglamalar va matematik fizika» (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/FM433.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti va V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Buxoro bo‘linmasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.55.01
Ilmiy maslahatchi: Durdiev Durdimurod Qalandarovich fizika-matematika fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Xasanov Aknazar Bekdurdievich: fizika-matematika fanlari doktori, professor; Djamalov Sirojiddin Zuxriddinovich: fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zgaruvchan koeffisientli integro–differensial issiqlik o‘tkazuvchanlik tenglamasi uchun ko‘p o‘lchamli to‘g‘ri va teskari masalalarning Gyol`der fazolarida bir qiymatli echiluvchanlik masalalarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zgaruvchan koeffisientli ikkinchi tartibli integro–differensial issiqlik tarqalish tenglamasi uchun qo‘yilgan Koshi masalasi echimining mavjudligi va yagonaligi ko‘rsatildi;
to‘g‘ri masala echimiga nisbatan berilgan qo‘shimcha shartdan foydalanib, ko‘p o‘lchamli yadroni Gyol`der fazolarida bir qiymatli echiluvchanligi isbotlandi;
issiqlik tarqalish integro–differensial tenglamasidan ko‘p o‘lchamli ajralgan yadroni aniqlash masalasining bir qiymatli echiluvchanligi Gyol`der fazolarida ko‘rsatildi;
o‘zgaruvchan koeffisientli integro–differensial issiqlik tarqalish tenglamasidan maxsus ko‘rinishga ega ko‘p o‘lchamli yadroni aniqlash teskari masalasi echimining yagonaligi ko‘rsatildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zgaruvchan koeffisientli integro–differensial issiqlik o‘tkazuvchanlik tenglamalari uchun teskari masalalarga oid ilmiy natijalar asosida:
o‘zgaruvchan koeffisientli integro–differensial issiqlik tarqalish tenglamasidan relaksatsiya funksiyasini aniqlashning taklif etilgan usulidan F-4-14 «Suyuqlik oquvchi er osti egri chiziqli quvurning tashqi kuchlari ta’siridagi kuchlanish–deformatsiyalar holatini tadqiq qilish nazariyasini rivojlantirish va hisoblash usullarini ishlab chiqish» mavzusidagi fundamental loyihada issiqlik o‘tkazuvchanlik tenglamasidan yadroni aniqlash masalalarida foydalanilgan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2021 yil 18-maydagi 83-10/974-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi o‘zgaruvchan koeffisientli integro–differensial issiqlik tarqalish tenglamasi uchun qo‘yilgan Koshi masalasi uchun teskari masaladan ko‘p o‘lchamli yadroni bir qiymatli echiluvchanligini o‘rganish, issiqlik tarqalish integro–differensial tenglamasidan ko‘p o‘lchamli ajralgan yadroni aniqlash masalasining echiluvchanligini o‘rganish imkonini bergan;
teskari masalalarni tadqiq etishning taklif etilgan usulidan AAAA-A19-119032590069-3 «Geofizik va muhandislik masallarida issiqlik vazn almashish va qattiq muhitlar mexanikasi masalalarini sonli echish va matematik modellashtirish» mavzudagi xorijiy grantda ko‘p o‘lchamli integro–differensial issiqlik o‘tkazuvchanlik tenglamasi uchun teskari masalalarni tadqiq etishda foydalanilgan (Yujniy Matematicheskiy Institut filial FGNBU FNS «Vladikavkazskiy nauchniy sentr RAN», 2021 yil 19 maydagi 37-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi integro–differensial issiqlik o‘tkazuvchanlik tenglamalari uchun ko‘p o‘lchamli teskari masalalarning echiluvchanligini isbotlash imkonini bergan.