Baxtiyarov Muxtorjon Yakubovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zakdosh so‘zlardagi derivatsion jarayonlarning chog‘ishtirma tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (ingliz tili) (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil.275.
Ilmiy rahbar: Qo‘ldoshev Akrom Maxmudovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov G‘anisher Xudoyqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ibragimxo‘jaev Ismoilxo‘ja Ibragimxo‘jaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi o‘zakdosh so‘zlarning derivatsion transpozisiya jarayonlarini chog‘ishtirish orqali ularning funksional-semantik xususiyatlarining o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ingliz va o‘zbek badiiy matnlaridagi har ikki tilga oid o‘zakdosh ot, sifat va fe’lli birikmalar derivatsion modellarining statistikasini leksikografik tahlil asosida aniqlash orqali ularning qo‘llanilishidagi fe’lli birikmalar semantik komponentlarining o‘ziga xos izomorfik va  allomorfik  jihatlari ochib berilgan; 
ingliz va o‘zbek tillaridagi o‘zakdosh ot, sifat va fe’l birliklari  struktur-semantik modellarini shakllantiruvchi morfologik birliklar - so‘z yasovchi qo‘shimchalar va predloglarning har ikki tilga oid o‘zakdosh so‘zlar yasalishida kuzatiladigan o‘xshash hamda tillarning o‘ziga xosligini ta’minlovchi farqli jihatlari chog‘ishtirish orqali aniqlangan; 
ingliz va o‘zbek tillarida morfologik va sintaktik sathlarda ot, sifat va fe’l so‘z turkumlariga mansub o‘zakdosh so‘zlar derivatsion potensialining faollik darajasi o‘zbek tiliga nisbatan ingliz tilida yuqori ekanligi   tillarning ichki  tabiati bilan izohlanishi distributiv metod orqali aniqlangan; 
ingliz va o‘zbek tillaridagi ot, sifat va fe’l so‘z turkumlariga mansub o‘zakdosh so‘zlar derivatsiyasining kengayish ko‘lami ingliz tilida predloglarga, o‘zbek tilida esa so‘z yasovchi morfologik omillarga xos ekanligini aniqlash orqali, ularning til lug‘at boyligini ta’minlovchi har ikki tilga oid funksional belgilari (so‘z yasash imkoniyatlari) dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida o‘zakdosh so‘zlar derivatsion jarayonlarining leksik va  morfologik xususiyatlarini ochib berishda olingan ilmiy natijalar asosida: 
ingliz va o‘zbek badiiy matnlaridagi o‘zakdosh fe’l, ot va sifat leksik birliklar hamda birikmalarning chog‘ishtirish orqali tadqiqotga tortilgan morfologik, leksik-semantik, funksional-semantik va sintaktik usullar orqali yasalishiga doir xulosa va takliflardan Inson xuquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan xujjatlar tarjimasi jarayonida o‘zakdosh so‘zlarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga va o‘zbek tilidagi o‘zakdosh so‘zlarni ingliz tiliga tarjima qilishda faol foydalanilgan (Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi 2019 yil 11 iyundagi 03/1355-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotdan o‘rin olgan materiallar xuquqiy masalalarni yanada mukammal va keng qamrovli yoritilishiga asos bo‘lgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi ot, sifat va fe’l so‘z turkumlariga mansub o‘zakdosh so‘zlar derivatsiyasining to‘liqligini ta’minlovchi morfologik omillarning ikki tilga mansub funksional belgilariga doir nazariy hulosalaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-219-raqamli “Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha S1, darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida bakalavrlar (ingliz tili) uchun yaratilgan “Grammar” va “Vocabulary” o‘quv qo‘llanmalar mavzularini yoritishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4299-son ma’lumotnomasi). Natijalar talabalarga dars o‘tish maqsadida yaratilgan o‘quv qo‘llanmalari materiallarini boyitishda manba bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi o‘zakdosh ot, sifat va fe’l birliklari struktur-semantik modellarining qiyosiy tahlili asosida olingan nazariy hulosalaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-219-raqamli “Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha S1, darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida bakalavrlar (ingliz tili) uchun yaratilgan “Grammar” va “Vocabulary” o‘quv qo‘llanmalar mavzularini yoritishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4299-son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim etilgan materiallar ingliz va o‘zbek xalqlariga oid umumiy va xususiy vaziyatlarni aniqlashtirishda tarjima jarayonidagi morfologik va struktur-semantik xususiyatlarga oid muammolarni xal etishda xizmat qilgan;
ingliz tilini o‘qitishda har ikki tilga oid o‘zakdosh ot, sifat va fe’lli birikmalar semantik komponentlarining izomorfik, allomorfik belgilari va ularning fonetik, morfologik-sintaktik, semantik xususiyatlari, o‘ziga xos o‘xshash va farqlanishi tadqiqiga oid olingan ilmiy xulosalardan shuningdek, xorijiy til ta’limi jarayonini optimallashtirish bo‘yicha berilgan tavsiya va xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan amaliyotga tadbiq etilgan shuningdek, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bedorlik”, “Millat va ma’naviyat” nomli eshittirishlarning ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2020 yil 11 noyabrdagi 04-25-1083-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ingliz tilida erkin muloqotga kirishish qobiliyatlarini takomillashtirishda, radiotinglovchilarga, jumladan filologik va nofilologik yo‘nalishlarda ta’lim beruvchi xorijiy til professor-o‘qituvchilari va talabalarga ma’lumot berishda xizmat qilgan.
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                