Nizamova Shahnoza Ubaydullaevnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek taxalluslarining tarixiy-lisoniy tadqiqi” 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil357.
Ilmiy rahbar: Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04. 
Rasmiy opponentlar: Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Husanov Nishonboy Abdusattorovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili taxalluslarining leksik-semantik, nominatsion-motivatsion, struktural va derivatsion xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijodkor va san’atkorlarning ism, familiya, otaismiga nisbatan qo‘shimcha nomlarini ifodalovchi taxalluslarning antroponimik birliklar sirasidagi funksional-semantik o‘rni, paydo bo‘lishining tarixiy, adabiy, onomastik omillari va leksik-semantik, funksional, pragmatik  jihatlar bilan bog‘liq lisoniy maqomi belgilangan;  
taxalluslarning boshqa ism, familiya, laqab kabi asosiy va qo‘shimcha antroponimik birliklar bilan bog‘liq mushtarak onomastik qirralari va ulardan ma’naviy, estetik did, orzu-umidlari ifodasi sifatida shaxsan tanlanishi, vazifasi, qo‘llanish doirasi va darajasiga ko‘ra farqlanishi dalillar asosida ochib berilgan; 
o‘zbek taxalluslarining ijtimoiy, lisoniy-badiiy takomili va taraqqiyoti hamda shaxsni atash, uni boshqa shaxslardan farqlash, u bilan bog‘liq  g‘oyaviy, axborot ifodalash, milliy-madaniy, badiiy, hissiy ta’sir etish kabi lisoniy vazifalarni bajarishi dalillar asosida ochib berilgan hamda taxallus tanlash yuzasidan milliy-madaniy, adabiy, lisoniy mezonlarga asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan; 
o‘zbek taxalluslarining kasbiy xoslanishi, motivatsion asosiga ko‘ra tasnifi va tavsifi, tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma va murakkab tuzilmali turlari hamda morfologik asoslari, leksik-semantik, morfologik usullar bilan yasalishi, boshqa onomastik birliklar transonimizatsiyasi asosida hosil bo‘lishi ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili taxalluslarining tarixiy-lisoniy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
taxalluslarning lisoniy maqomi, boshqa antroponimik birliklardan farqli jihatlari, badiiy-estetik funksiyasi, ijtimoiy, lisoniy-badiiy takomili va taraqqiyoti, leksik-semantik tasnifi va nominatsion-motivatsion tavsifiga doir xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida bajarilgan F-7.2.1 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik lisey, kasb-hunar kollejlarida o‘zbek tili va adabiyoti fanlarini o‘qitishning innovatsion metodlari” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  89-03-3820-son ma’lumotnomasi). Natijada ishning o‘zbek tilida atoqli otlarning leksik-semantik, yasalishiga doir qismi nazariy qarashlar va dalillar bilan mukammallashuviga erishilgan;
taxalluslarning tilshunoslikda tutgan o‘rniga oid xulosalaridan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2015-2018 yillarda bajarilgan  ModeHED “Institut va universitetlarda sog‘liqni saqlashga oid fanlarni modernizatsiyalash” mavzusidagi xalqaro loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  89-03-3820-son ma’lumotnomasi).  Natijada ishning atoqli otlar tizimi doir qismi ilmiy jihatdan mukammallashgan. 
o‘zbek taxalluslarining yuzaga kelishi, nominatsion-motivatsion, leksik-semantik xususiyatlari va vazifalariga doir ilmiy xulosalaridan 2020-2021 yillarda O‘zbekiston milliy teleradio kompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Milliy ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2021 yil 9 fevraldagi 04-25-1178-son ma’lumotnomasi). Natijada radiodasturlarning ta’sirchanligi ortgan, ilmiy dalillarga boyligi ta’minlangan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish