Hasanov Sharofiddin Shamshurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ijtimoiy zidddiyatlar tabiati va ularni echish yo‘llari», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fal174.
Ilmiy rahbar: Djavakova Karine Vladimirovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ichki ishlar vazirligi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Agzamxodjaeva Saida Sobitxonovna, falsafa fanlari doktori, professor; Ramatov Jumaniyoz Sultonovich, falsafa fanlar doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy ziddiyatlarning sabablarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo‘llari va usullarini taklif etishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy jamiyat hayotining barcha sohalarida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiya, migratsiya kaabi konfliktogen omillarning barqarorlikka ta’siri, ijtimoiy ziddiyatlarning mavjud global tendensiyalari va ularning yaxlit dunyo manzarasini shakllantirishdagi roli falsafiy nuqtai nazardan aniqlangan; 
turli xil ijtimoiy ziddiyatlarni oldini olishning metodologik, texnologik kabi innovatsion omillari, ularning jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi asosiy vazifalari va zamonaviy harakat mexanizmlari, umumiy ijtimoiy va mintaqaviy darajadagi muammolarning avj olishi va kamayishiga ta’sir etuvchi islohotlar dinamikasi falsafiy jihatdan ochib berilgan;
ijtimoiy ziddiyatlarni oldini olishni ta’minlovchi regulyativ (nazorat qiluvchi, chegaralovchi va repressiv) o‘zaro muloqotning verbal va noverbal usullari va muloqotning yo‘nalishi, aks etishi, axborot uzatilishi bilan bog‘liq vositalari ishlab chiqilgan; 
ijtimoiy ziddiyatlarning ichki dinamikasi (yuzaga kelish sabablari) hamda ularni bartaraf qilishni tashkil etish uchun siyosiy hushyorlik, kompetentlik, bilim va malakalardan foydalanishning zarurati falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy ziddiyatlarning tabiati va ularni hal qilish yo‘llari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ijtimoiy ziddiyatlarni oldini olishni ta’minlovchi regulyativ (nazorat qiluvchi, chegaralovchi va repressiv) o‘zaro muloqotning verbal va noverbal usullari va muloqatning yo‘nalishi yo‘nalishi,aks etishi, axborot uzatilishi bilan bog‘liq vositalariga oid g‘oyalardan  “Milliy g‘oya va O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 maydagi 89-03-1776-son ma’lumotnomasi). Natijalar darslikning mazmunini takomillashtirish orqali ta’lim sifatini oshirishga hamda IIV Akademiyasi tinglovchi va kursantlarining bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilgan;
ijtimoiy ziddiyatlarning ichki dinamikasi (yuzaga kelish sabablari) hamda ularni bartaraf qilishni tashkil etish uchun siyosiy hushyorlik, kompetentlik, bilim va malakalardan foydalanishning zaruratiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimi tashkilotlarining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublika Madaniyat vazirligining 2020 yil 6 maydagi 01/17-10-2175-son ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga joriy etilishi mamlakatimizda shaxslar, guruhlar, millatlar, dinlararo konsensus rivojlanishiga xizmat qilgan;
zamonaviy jamiyat hayotining barcha sohalarida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan (korrupsiya, migratsiya) konfliktogen omillarning barqarorlikka ta’siri, ijtimoiy ziddiyatlarning mavjud global tendensiyalari va ularning yaxlit dunyoni manzarasini shakllantirishdagi roliga oid xulosa va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departamentining 2020 yilga mo‘ljallangan faoliyati rejasining konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departamentining 2020 yil 8 apreldagi 6/747-son ma’lumotnomasi). Natijalar hamda ijtimoiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda shaxsning ma’suliyatini oshirish, uyushmagan yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzi, oila va nikoh munosabatlari haqida tasavvur hosil qilish hamda ularning ma’naviy-axloqiy bilimlarini shakllantirish yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar tashkilot dasturining yanada mazmunli bo‘lishiga, aholi o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish uchun ko‘rilayotgan choralarning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
turli xil ijtimoiy ziddiyatlarni oldini olishning metodologik, texnologik, innovatsion omillari, ularning jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi asosiy vazifalari va zamonaviy harakat mexanizmlari, shuningdek, umumiy ijtimoiy va mintaqaviy darajadagi muammolarning avj olishi va kamayishiga ta’sir etuvchi islohotlar dinamikasiga oid xulosa va  takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari  kotibiyatining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari  kotibiyatining 2020 yil 12 maydagi 07/1-9691-son ma’lumotnomasi). Natijalar jamoat tashkilotlari a’zolarini ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish hamda tashkilotning targ‘ibot materiallarini ishlab chiqishda namoyon bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish